Page 692 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 692
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
A. Xashimov 2009-yil fevraldan boshlab “Xalq so‘zi” va “Narodnoye
slovo” gazetalari tahririyati Bosh hisobchisi, Bosh muharrirning
Iqtisod va marketing masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida
faoliyat yuritib kelmoqda.
A. Xashimov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faxriy
professori, Xalqaro axborotlashtirish akademiyasi hamda Nyu-York
(AQSh) fanlar akademiyasi akademigi hisoblanadi.
O‘tgan yillar davomida uning muallifligida 5 ta monografiya, 10 ta
o‘quv-qo‘llanma hamda 7 ta darslik (shundan 5 tasi hammualliflikda)
chop etilgan.
A. Xashimov AQSh, Rossiya, Yaponiya, Malayziya, Chexiya, Xi toy,
Germaniya, Fransiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Latviya, Litva, Esto niya
kabi davlatlarda bo‘lib, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tajriba va ma la-
kasini oshirgan.
Uning ilmiy rahbarligida 2 nafar iqtisodiyot fanlari nomzodi, 6 nafar
iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 1 nafar iqtisodiyot
fanlari doktori (DSc) muvaffaqiyatli himoya qilgan.
2010 – 2015-yillar davomida xalq deputatlari Toshkent shahar
Kengashi deputati sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
A. Xashimov bugungi kunda Islom Karimov nomidagi Toshkent
davlat texnika universiteti huzuridagi iqtisodiyot fanlari doktori
(DSc) ilmiy darajasini beruvchi DSc.03/30.12.2019.i.03.05. raqamli
Ilmiy kengash va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi
ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 Ilmiy kengash va
uning huzuridagi Ilmiy seminar aʼzosi.
Shuningdek, A. Xashimov “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo”
gazetalari tahririyati, “Kasbiy fanlar metodikasi”, “Agroilm” jurnallari
tahrir hayʼati va ekspertlar kengashi aʼzosi hisoblanadi.
Xashimov Akram Abdiyevich 2023-yilda Prezidentimiz Farmoniga
ko‘ra, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
691