Page 694 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 694
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
ishlab chiqarish yoki boshqa tavsifdagi yangicha tashkiliy-texnik
yechim sifatida taʼrif berilgan;
b) investitsion faoliyat ishtirokchilarining o‘z shaxsiy manfaatla-
rida foydalaniluvchi yoki muomalaga kiritilgan yangi yoki
takomillashtirilgan mahsulot, yangi yoki takomillashtirilgan
texnologiya, yangi xizmat, maʼmuriy, tijorat, ishlab chiqarish yoki
boshqa tavsifdagi yangicha tashkiliy-texnik yechim sifatida taʼrif
berilgan;
c) investitsion faoliyat natijasida yaratilgan yangi mahsulot va
xizmatlar, maʼmuriy, tijorat, ishlab chiqarish yoki boshqa tavsifdagi
yangicha tashkiliy-texnik yechim sifatida taʼrif berilgan;
d) yangi xizmat, maʼmuriy, tijorat, ishlab chiqarish yoki boshqa
tavsifdagi yangicha tashkiliy-texnik yechim sifatida taʼrif berilgan.
6. Innovatsion faollik yoki innovatsiyalarni baholash ikki
asosiy darajada amalga oshiriladi:
a) mikro va makro darajada;
b) mezo va mega darajada;
c) korxona va davlat darajasida;
d) hududlar va mamlakatlar darajasida.
7. 1963-yilning iyunida Italiyaning Fraskati shahrida Iqtisodiy
rivojlanish va hamkorlik tashkilotining ilmiy va texnologik
ko‘rsatkichlar bo‘yicha milliy ekspertlar guruhining yig‘ilishida
“Ilmiy-tadqiqotlar va eksperimental taraqqiyotni baholash
uchun tavsiya etilgan standartlar”, deb rasmiy nom olgan
“Fraskati qo‘llanmasi” yaratilgan. Mazkur hujjatning ahamiyati
nimadan iborat?
a) innovatsiyalar nazariyasining asoslarini belgilab beradi;
b) iqtisodiy rivojlanishdagi ilm-fan va texnologiyalarning o‘rnini
tushunish uchun zarur bo‘lgan asoslarni belgilab beradi;
c) innovatsiyalarni tasniflash imkonini beradi;
d) iqtisodiy rivojlanish jarayonida innovatsiyalarning ahamiyatini
asoslab beradi.
8. Har qanday sohada (yangi bilim, uslub, ixtiro) fundamental,
amaliy tadqiqot va rivojlanishning rasmiy natijasi:
693