Page 699 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 699
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
c) axborot ko‘rinishlari, bozorlar;
d) axborot oqimlari, firmalar.
27. Yopiq va ochiq innovatsiyalar tamoyillarini o‘zaro
taqqoslash (moslikni toping).
1. Yopiq innovatsiyalar tamoyillari. 2 Ochiq innovatsiyalar
tamoyillari.
a) sohaning ustasi bo‘lgan iqtidorli insonlar biz uchun ishlaydilar;
b) ilmiy-tadqiqot natijalari asosida foyda olish uchun bizning
o‘zimiz tadqiqotlar o‘tkazishimiz shart emas;
c) raqobatchilarimiz bizning g‘oyalarimizdan foyda olish
maqsadida foydalana olmasliklari uchun, intellektual mulk bilan
bog‘liq manfaat-larimizni jiddiy himoya qilishimiz lozim;
d) boshqalar bizning intellektual mulkimizdan foydalanish evaziga
foyda olishlariga yo‘l qo‘yib berish orqali foyda olishimiz, agar boshqa
kompaniyalarning intellektual mulk obyektlari bizning biznes-mo delimizga
mos kelganda, boshqalardan ham intellektual mulkni sotib olishimiz kerak.
28. Yopiq va ochiq innovatsiyalarga ega bo‘lgan kompaniya-
larning o‘ziga xos jihatlari (moslikni toping).
1. Yopiq innovatsiyaga ega kompaniyalar. 2 Ochiq innovat-
siyaga ega kompaniyalar.
a) yangi-kompaniyalarning ozchiligi va ularning zaifligi;
b) xodimlar mobillik darajasining yuqoriligi;
c) kompaniya faoliyatida tashqi g‘oyalardan keng foydalanilishi;
d) g‘oyalarning asosiy qismi kompaniyaning o‘ziga tegishli bo‘lgan
g‘oyalar.
29. Milliy chegaralar doirasida ilmiy bilim va texnologiyalarni
ishlab chiqarish va tijoratlashtirish bilan shug‘ullanuvchi
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tashkilot (tuzilma)lar – kichik va
yirik kompaniyalar, universitetlar, davlat laboratoriyalari,
texnoparklar va inkubatorlarning umumiyligi – bu:
a) milliy innovatsion tizim;
b) innovatsion infratuzilma;
c) innovatsion institutlar;
d) innovatsion muhit.
698