Page 704 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 704

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          boshlab 10 yil mobaynida amal qiladi va har safar 5 yilga uzaytirish
          imkoniyatini saqlab qoladi.
            45. Ixtiroga patent:
            a) ixtironing ustuvorlik sanasidan boshlab o‘n besh yil mobaynida
          amal qiladi, mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng beri-

          ladi;
            b) ixtironing ustuvorlik sanasidan boshlab o‘n yil mobaynida amal
          qiladi, mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng beriladi;
            c)  ixtironing  ustuvorlik  sanasidan  boshlab  yigirma  yil  mobaynida
          amal qiladi, mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng beri ladi;
            d)  ixtironing  ustuvorlik  sanasidan  boshlab  yigirma  besh  yil
          mobaynida amal qiladi, mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilgandan
          so‘ng beriladi.
            46.  Litsenziya  (lotincha  “licentia”  –  ruxsat,  huquq)  –  bu
          intellektual mulk obyektiga mutlaq huquqqa (ixtiro, foydali model

          yoki sanoat namunasi uchun patent) ega bo‘lgan biror bir yuridik
          yoki jismoniy shaxs (litsenziar)ning qonun yo‘li bilan muhofaza
          qilinuvchi intellektual mulk  obyektini boshqa bir shaxs (litsenziat)
          ga maʼlum bir shartlar asosida foydalanish huquqini beruvchi... .
            a) bitim;
            b) huquqiy vosita;

            c) shartnoma;
            d) huquqiy hujjat.
            47.  Quyidagilardan  qaysi  biri  yangi  mahsulotning  muvaffa-
          qiyatga erishish omillari hisoblanadi:
            a)  mahsulotning  raqobatdosh  mahsulotlarga  nisbatan  ustunligi
          (isteʼmolchilar  tomonidan  yaxshi  idrok  etishga  yordam  beruvchi
          o‘ziga xos xususiyatlar);
            b)  kompaniyaning  marketing  nou-xausi  (mijozlarning  xatti-
          harakatlari,  yangiliklarni  qabul  qilish  tezligi  va  potensial  bozor

          ko‘lamlarini tushunish);
            c)  patent  yoki  savdo  sirini  saqlash  rejimida  himoyalangan
          texnologik nou-xauning mavjudligi;
            d) barcha javoblar to‘g‘ri.

                                               703
   699   700   701   702   703   704   705   706   707   708   709