Page 700 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 700
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
30. Innovatsion infratuzilmaning quyidagi quyi tizimlari
mavjud
a) ishlab chiqarish-texnologik infratuzilma, moliyaviy infratu-
zilma;
b) ishlab chiqarish-texnologik infratuzilma, moliyaviy infratuzilma,
ekspert-maslahat infratuzilmasi;
c) ishlab chiqarish-texnologik infratuzilma, ekspert-maslahat
infratuzilmasi;
d) moliyaviy infratuzilma, transport-logistika xizmatlari, ijtimoiy
infratuzilma.
31. Moslikni o‘rnating. 1. Ishlab chiqarish-texnologik infratuzilma;
2. Moliyaviy infratuzilma; 3. Ekspert-maslahat infratuzilmasi.
a) innovatsion-sanoat klasterlari;
b) umumiy va ixtisoslashgan tavsifdagi konsalting markazlari (mo-
liya, investitsiyalar, marketing, boshqaruv va hokazo);
c) fond bozori;
d) texnoparklar (ilmiy parklar).
32. ... tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni amalga oshirish
maqsadida birgalikda zamonaviy texnologik va tashkiliy
muhitni yaratishni maqsad qilgan davlat va mahalliy o‘zini-o‘zi
boshqarish organlari bilan bu borada o‘zaro hamkorlik qiluvchi
korxonalar, tadbirkorlar, moliyaviy institutlar, fan va taʼlim
sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tijorat va notijorat taʼlim muassa-
salarining hududiy integratsiyalashuvining amaldagi ko‘rinishi.
a) biznes inkubator;
b) texnologiyalar transferi markazi;
c) klaster;
d) texnoparklar (ilmiy parklar).
33. Texnopark ishtirokchisi
a) fan, taʼlim, texnologiyalar sohasida va innovatsion ishlanmalar
samaradorligini baholash, ularni ekspertizadan o‘tkazishda yetarlicha
tajribaga ega bo‘lgan korxona, tashkilot va muassasalar;
b) innovatsion faoliyat ishtirokchilari bo‘lgan korxona va
tashkilotlar;
699