Page 693 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 693

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                                                TESTLAR
                1.  Innovatsion  konsepsiyalarning  dastlabki  yaratuvchisi  ...
             hisoblanadi.
                a) avstriyalik iqtisodchisi Y. Shumpeter;
                b) rus iqtisodchisi N. Kondratyev;

                c) ingliz iqtisodchisi T. Veblen;
                d) ingliz iqtisodchisi H. Klark.
                2. Y. Shumpeter: “Iqtisodiy hayot juda inert ... , shu tariqa statik
             jarayonlar  nazariyasi  iqtisodiyot  nazariy  bazasining  mohiya-
             tini tashkil etadi... Men buning noto‘g‘ri ekanligini va iqtisodiy
             tizim  ichida  har  qanday  erishilgan  muvozanatni  buzishga
             qodir bo‘lgan kuch manbai borligini yaxshi his qilaman...”, deb
             aytganda nimani nazarda tutgan?
                a) iqtisodiy o‘zgarishlarni;

                b) innovatsiyalarni;
                c) bozor qonunlarini;
                d) xususiy mulkni.
                3. Innovatsiyalar nazariyasi aynan qaysi davrda shakllangan?
                a) XX asrning boshlarida;
                b) XIX asrning o‘rtalarida;
                c) XIX asr oxiri va XX asr boshlarida;

                d) 1950-yillarda.
                4. Y. Shumpeterning fikricha, innovatsiya – bu ... tomonidan
             amalga  oshiriluvchi  ishlab  chiqarish  omillari  va  shart-
             sharoitlarining yangicha birikmasi (kombinatsiyasi)dir.
                a) tadbirkor;
                b) mulkdor;
                c) menejer;
                d) aksioner.
                5.  O‘zbekiston  Respublikasining “Innovatsion  faoliyat  to‘g‘-
             risida”gi Qonunida innovatsiyalarga qanday taʼrif berilgan?

                a)  o‘z  shaxsiy  manfaatlarida  foydalaniluvchi  yoki  muomalaga
             kiritilgan  yangi  yoki  takomillashtirilgan  mahsulot, yangi yoki
             takomillashtirilgan  texnologiya,  yangi  xizmat,  maʼmuriy,  tijorat,

                                                  692
   688   689   690   691   692   693   694   695   696   697   698