Page 711 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 711

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                a)  favqulodda  yuz  beradigan  tabiiy  ofatlarning  (yer  qimirlashi,
             yong‘in, suv toshqini, jala, do‘l, dovul, qurg‘oqchilik va boshqa) xavfi;
                b)  valyuta  hisob  raqamidagi  mablag‘larning  salbiy  farqlanishi
             xavfi;
                c) transport vositalarida yuklarni tashish jarayonida ro‘y berishi

             mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar va nobudgarchiliklar;
                d) moddiy resurslar bo‘yicha taʼminotdagi uzilishlarning xavfi.
                69.  Quyidagilardan  qaysi  biri  moliyaviy  faoliyatga  oid
             tavakkalchilikka mansub?
                a) pulning qadrsizlanishi va inflyatsiya xavfi;
                b) pul oqimlari va aylanma mablag‘larning yetishmasligi xavfi;
                c) ishlab chiqarishdagi uzilishlar;
                d) ishlab chiqarish binosidagi yong‘in.
                70.  Quyidagilardan  qaysi  biri  ishlab  chiqarishga  oid
             tavakkalchiliklarga mansub emas?

                a) ishlab chiqarish jarayonining izdan chiqishi yoki to‘xtab qolishi
             xavfi;
                b) texnologik asbob-uskunalarning jismoniy va maʼnaviy eskirishi,
             ishdan chiqishi va buzilish xavfi;
                c) sifatsiz xomashyo oqibatida yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarish
             xavfi.

                d) mahsulotning sotilmay qolishi xavfi.
                71. Innovatsion tadbirkorlik tavakkalchiliklarini baholashning
             qanday usullari mavjud?
                a) ekspert va kombinatsiyalashgan usullar;
                b) tahliliy va statistik usullar;
                c) statistik, ekspert, tahliliy va kombinatsiyalashgan usullar;
                d) statistik, ekspert usullari.
                72. Diversifikatsiyalash ishlab chiqarish, tijorat va investitsiya
             faoliyati sohalarida ... darajasini kamaytirish imkonini yaratadi.

                a) foyda;
                b) zarar;
                c) kamomad;
                d) tavakkalchilik.

                                                  710
   706   707   708   709   710   711   712   713   714   715   716