Page 712 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 712
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
73. NPV qiymati qanday bo‘lganda loyihani amalga oshirishdan
voz kechish lozim?
a) NPV>0;
b) NPV< 0;
c) NPV=0;
d) NPV qiymatining loyihani amalga oshirishga daхli yo‘q.
74. Kompaniyaga yangi texnologiyalarni joriy etishda
muvaffaqiyat keltiruvchi asosiy omillarga qaysilarni kiritish
mumkin?
a) texnologik jarayonni rejalashtirish, texnik axborotlarni topa
olis h qobiliyati, o‘z intellektual kapitalini himoya qila olish qobiliyati,
isteʼmolchilarning xulq-atvorini tizimli tahlil qilish va shu kabilar;
b) texnologik jarayonni rejalashtirish, o‘z intellektual kapitalini
himoya qila olish qobiliyati, isteʼmolchilarning xulq-atvorini tizimli
tahlil qilish;
c) texnik axborotlarni topa olish qobiliyati, o‘z intellektual kapitalini
himoya qila olish qobiliyati, isteʼmolchilarning xulq-atvorini tizimli
tahlil qilish;
d) texnologik jarayonni rejalashtirish, texnik axborotlarni topa
olish qobiliyati, isteʼmolchilarning xulq-atvorini tizimli tahlil qilish.
75. Innovatsion siyosat deganda:
a) davlatning iqtisodiyotni ko‘tarish va iqtisodiy-ijtimoiy
taraqqiyot masalalarini hal qilish maqsadida mamlakat innovatsion
mohiyatini samarali qo‘llash, innovatsiyalarni amalga oshirish
uchun zarur sharoitlarni taʼminlashga xizmat qiluvchi maqsadli
faoliyati tushuniladi;
b) davlatning innovatsiyalarni amalga oshirish uchun zarur
sharoitlarni taʼminlashga xizmat qiluvchi maqsadli faoliyati tushuniladi;
c) davlatning innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va
moliyalashtirish borasidagi faoliyati tushuniladi;
d) davlatning investitsiyalarni jalb qilish va investitsion muhitni
yaxshilash borasidagi maqsadli faoliyati tushuniladi.
76. Davlatning innovatsion siyosati nechta asosiy guruhga
ajratiladi?
711