Page 714 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 714
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
liyot da mavjud bo‘lgan tartibga solish usullarini o‘zgarmagan holda
saqlab qolish imkoniyati kamayadi;
V. xorijiy sarmoyadorlarning ishonchi mustahkamlanadi,
respublika iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarning oqimi ortadi.
a) I, II, V;
b) I, II, III;
c) II, III, IV, V;
d) I, II, III, IV, V.
79. Fan-texnika siyosatining muhim yo‘nalishi bu – ...?
a) intellektual mulk huquqini himoya qilish;
b) milliy xavfsizlikni himoya qilish;
c) yangi texnologiya yaratish;
d) loyihalarni ishlab chiqish.
80. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qabul qilishning asosiy
zarurati nima bilan bog‘liq?
a) jamiyat taraqqiyotini yuksak bosqichga ko‘tarish, milliy
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish orqali aholi turmush
sifatini yaxshilash;
b) erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish
bo‘ yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z
salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish,
sog‘lom, bilimli va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalash;
c) yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakati-
miz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va amalga
oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish;
d) 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining
uzviy davomi sifatida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan
islohotlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish.
81. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida qanday asosiy g‘oya-
lar aks ettirilgan?
a) barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori
bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish; aholi talablariga va xalqaro
standartlarga to‘liq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy
himoya tizimini tashkil qilish; aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni
713