Page 50 - Tibbiy radiologiya
P. 50
49
52 -rasm A -ko`krak qafasi to`g`ri proyeksiyadagi Rentgen tasvirlari o’ng o`pka yuqori bo’lagi sharsimon
soyalanish sindromi (Pankost raki ). B – ko`krak qafasi MSKTsi koronar proekciya o’ng o`pka yuqori bo’lagi
sharsimon soyalanish sindromi qovurg’a va umurtqa tanalari destrukciyasi bilan– ( Pankost raki ).
Gamartoma. Periferiyada ko’proq uchraydigan o’sma (2/3). Eng ko’p uchraydigan
хavfsiz o’sma. 50-60 yoshda. Erkaklarda 2-3 baravar ko’proq . ko’pincha
simptomsiz usadi. o’rtacha o’lchami 2.5 sm. Shakli yumaloq tugunli o’sma,
kalsifikatlar pop-korn shaklida (20%), yog’ to’qimasi (50%), chegarasi tekis,
o’sishi sekin.
Bronхial adenoma. Markazda ko’proq uchraydigan o’sma (asosiy bronхda).
Karsinoid turi (neyroendokrin karsinoma) 90% adenomalarni tashqil qiladi (хavfli
o’sma). Хavfsiz adenomalar deyarli uchramaydi. Karsionoid ko’proq yosh
bemorlarda uchraydi va chekish bilan aloqasi yo’q. Klinik: qon tuflash, atipik
astma, yo’tal, rekurrent pnevmoniya. Belgilari: sekin o’sadi, metastaz kam beradi,
80% holatda tugunni o’zi ko’rinmaydi, bo’lak/o’pka/segment gipoventilyasisi
giperventilyasiyasi va atelektazi, pnevmoniya/asbsess/bronхoektaz, yumaloq
shaklda tugun (20%) o’lchami 1-10 sm, 1/3 kalsifikatlar. Endokrin buzilishlar kam
bo’ladi.
Zotiljam - o’pka to’qimalaridagi yallig’lanish jarayonidir. Ko’p holatlarda
kasallikni qo’zg’atuvchi vosita infektsiyalardir. Infektsiyanining tanaga kirish
yo’llari turli xil: ko’pincha havo-tomchi orqali, kam hollarda — qon orqali.
Zotiljam rivojlanishi uchun mas’ul bo’lgan mikroorganizmlarning bir qismi inson
tanasida doimo mavjud. Immunitetning muhofaza qilish darajasi me’yorda
bo’lganda u bunday infektsiyalar bilan muvaffaqiyatli kurashadi, himoya kuchlari
darajasining pasayishi (gipotermiya [sovqotish], birlamchi kasalliklar) bilan
o’pkada yallig’lanish jarayoni rivojlanadi.
Ko’pincha Zotiljamning etiologiyasida yuqori nafas yo’llarining kasalliklari
mavjud. Shamollash, traxeit, o’tkir yoki surunkali bronxit kabi respirator
kasalliklar fonida o’pkada yallig’lanish jarayoni rivojlanishi mumkin. Kasallikning
kelib chiqishi sababi boshqa organlar va tizimlarning o’tkir kasalliklari,