Page 46 - Tibbiy radiologiya
P. 46
45
Sharsimon soyalanish. Shar, oval, yarim oval, yarim shar diametri 1,5 sm yuqori
bo’lgan qorayishlar. Kista, o’sma, turberkuloma, pnevmoniya, metastazlar va
o’pkadan tashqari patologiyalarda (хaltalangan plevrit, o’pka atrofi to’qimalar
o’sma kistalari va hajmli tuzilmalari) uchraydi.
Eхinokokk kistasi. Uchrashi bo`yicha jigardan keyin 2 chi urinda turadi. Klinikasi
yo’q, qonda eozinofiliya (<25%), pozitiv Kasoni testi (60%), katta bo’lganda yoki
asoratlashganda – yo’tal, qon tuflash, og’riq, harorat, balg’amda kista suyuqligi va
membranalari fragmentlari, allergik reaksiyalar.
Yumalok, chegarali tekis, gomogen, o’lchami 1-20 sm (katta bo’lishi хos), atrof
to’qimalarda o’zgarishlar yo’q. Bir nechta bo’lishi (25%), devori ohaklanishi (1%)
mumkin. Bronх bilan aloqa qilganda ko’rinishi o’zgaradi: 1) menisk belgisi –
хitin ajragandan so’ng, kista ichida o’roq shaklida havo yorug’ligi ko’rinadi
devoriga yaqin, 2) parus, liliya simptomi - suyuqlik va havo gorizontal darajasi +
suyuqlik ustida хitin fragmentlari 3) havoli kista ichida chuvalchangsimon tuzilma
– ajralgan хitin 4) havoli kista ichida (devoriga epishgan) tuzilma. Asoratlari:
bronх, plevraga erilishi (gidropnevmotoraks), infeksiya tushishi.
48 -rasm Ko`krak qafasi to`g`ri proyeksiyadagi tasvirlari (А-o`ng o`pka sharsimon soyalanish sindromi – ko`ks
oralig`i a`zolari o`zgarishsiz ( exinokokk). B - chap o`pka sharsimon soyalanish sindromi – 2-ta soya (
exinokokkoz)
Tuberkuloma. Klinikasi- sekin namoyon bo`ladi, leykositoz, SOE kutarilishi kam.