Page 44 - Tibbiy radiologiya
P. 44

43

                  1.  Ko’ks  oralig’i  qorayish  tomonga  siljigan  =  patologiya  o’pkada,  o’pka  hajmi

                      kichraygan  ->  atelektaz  yoki  sirroz  bo’lishi  mumkin,  sirroz  nogomogen,

                      atelektaz doim gomogen bo’ladi.

                  2.  Ko’ks oralig’i sog’ tomonga siljigan = patologiya o’pkadan tashqari, diafragmal

                      churra yoki ekssudativ plevrit bo’lishi mumkin, churra nogomogen, ekssudativ

                      plevrit doim gomogen. Churrada xalqasimon soyalar ko’rinishi mumkin, bariy

                      bilan ichaklar tekshiruvi tashхisni tasdiqlaydi. Plevrit intensiv gomogen soya,

                      yuqori chegarasi qiya bo’ladi.

                  3.  Ko’ks  oralig’i  siljimagan  –  pnevmoniya, infiltrativ  sil  va  plevra  qalinlashishi

                      bo’lishi mumkin. Plevra qalinlashishi (ohaklashishi) o’ziga хos rasm beradi va

                      tashхis  qiyinchilik  tug’dirmaydi.  Pnevmoniya  va  infiltrativ  sil  gomogen  va

                      nogomogen  bo’lishi  mumkin.  Ularning  farqi  ko’proq    klinik  va  laborator

                      ko’rsatkichlarga asoslanadi.





















                                                    B                                 С
                     A


                  46 -rasm Ko`krak qafasi to`g`ri    proyeksiyadagi tasvirlari А-o`ng o`pka total soyalanish sindromi – ko`ks oralig`i
                  a`zolari soyasi sog`lom tomonga siljigan(plevrit). B - o`ng o`pka total soyalanish sindromi – ko`ks oralig`i  a`zolari
                  soyasi kasal tomonga siljigan(atelektaz) С-  chap o`pka subtotal soyalanish sindromi – ko`ks oralig`i  a`zolari soyasi

                  sog`lom tomonga siljigan(plevrit)


                  Chegaralangan  soyalanish.  Qorayish  hajmi  o’pkaning  2/3  qismidan  kamroq

                  (bo’lak  yoki  segment  хajmida).  Total  va  subtotal  qorayishdagi  patologiyalarda

                  uchraydi. Hajmi kichikroq  bo’lgani uchun bu qorayishlar «kuchi» ko’ks oraliqni
   39   40   41   42   43   44   45   46   47   48   49