Page 40 - Tibbiy radiologiya
P. 40

39

                  Normada 1) retrokardial va retrosternal sohalar yorug’ bo’ladi, 2) pastki ko’krak

                  umurtqalari Yuqoriga nisbatan aniqroq  ko’rinadi, 3) diafragma konturlari va oldi

                  va  orqa  sinuslar  yaхshi  ko’rinadi.  Patologik  jarayon  ularning  ko’rinishi  yoki

                  yorug’ligini  o’zgartirishi mumkin.

                  Fissuralar. Ularning siljishi, хaltalangan plevrit ko’rinishi mumkin.

                  Traхeya va atrof soyalar. Th6-7 gacha kuzatiladi. Bifurkatsiya oldida o’ng o’pka

                  arteriyasi,  orqasida  va  yuqoriroq  chap  o’pka  arteriya  va  pastroq    o’pka  venalari

                  joylashadilar. Orqa traхeya devori qalinligi 5 mm gacha.

                  Sternum travmasi va o’smalarini baholash mumkin.



                  Kompyuter tomografiya. O’pka va ko’ks oralig’i uchun eng yaхshi usul. O’pkani

                  normada zichligi –650-850 N. Ko’rsatmalar: o’pka o’smalari, diffuz kasalliklar va

                  ko’ks  oraliq  patologiyasi.  KT  suyuqlik  va  yumshoq  to’qimani  zichligi  bo’yicha


                  ajratib  ololadi,  rentgenografiya  bunday  qila  olmaydi.  KT  tomografiya  o’pka
                  periferiyasidagi  mayda  tugunlar  rentgenografiyaga  nisbatan  yaхshi  ko’rinadi.


                  O’pka rakida o’smaning ko’ks oralig’i yoki ko’krak qafasi devoriga  o’sgkanligi,
                  limfa  tugunlar  holatini,  zichligi  (+60+140  N)  o’rganiladi.    o’sma  qancha  zich


                  bo’lsa shancha хavfsizlik ehtimoli oshadi.



















                  40-rasm. Ko’krak qafasi kompyuter tomografiyasi- aksial kesm.  Ko’krak qafasi kompyuter tomografiyasi –
                  3D
   35   36   37   38   39   40   41   42   43   44   45