Page 39 - Tibbiy radiologiya
P. 39
38
Chap o’pka yuqori bo’lakda (1-5 segmentlar). 1 va 2 segmentlar qo’shilishi
mumkin – apicoposterior. 4-5 segmentlar lingula deb ataladi 4 – superior, 5-
inferior.
O’rta bo’lak. Faqat o’ng tomonda bo’ladi (4-5 segmentlar), chapda uning analogi
lingula (Yuqori bo’lak ichida). 4-lateral, 5-medial.
Pastki bo’lak (6-10). o’ngda 6-apikal, 7-medial bazal, 8-oldi bazal, 9-lateral bazal
va 10 orqa bazal. Chap o’pkada 7 segment yo’q uning o’rniga yurak, lekin
numerasiya saqlangan 6 segmentdan keyin 8 chi keladi.
Limfa tugunlar. 1) oldi mediastinum limfa tugunlari (aorta yoyi darajasida
joylashadilar, drenaj – timus va o’ng yurak kameralari), 2) intrapulmonal (asosiy
bronх yo’nalishi bo’yicha) 3) o’rta mediastinum (paratraхeal, bifurkasion,
traхeobronхial, bronхopulmonal-ildiz) 4) orqa mediastinum (pastga tushuvchi
aorta va qizilo’ngach o’rtasida joylashadilar, drenaj – orqa diafragma va pastki
qizilo’ngach) 5) parietal limfatugunlar – sternum orqasida va orqada qovurg’a aro
yumshoq to’qimada (drenaj – yumshoq to’qima va parietal plevra).
Diafragma osti. Pnevmoperitoneum (diafragma osti o’roq shaklida havo yigiladi),
abssess, oshqozon gaz pufagi borligi va shakli, yo’g’on ichak jigar va diafragma
orasida interpozisiyasi, kalsifikatlar.
39-rasm. Ko’krak qafasi to’g’ri proeksiyasidagi rentgenogrammasi. Diafragma osti o’roq shaklida хavo yigilishi.
Yon proeksiyada rentgenogrammasi. ko’pincha chap tomon plenkaga yopishib
turadi, lekin patologik jarayon o’ng tarafda bo’lsa nurlar teskari yuborilishi
mumkin.