Page 35 - Tibbiy radiologiya
P. 35
34
III – BOB.
O’PKA KASALLIKLARINI NUR TASHХISI
O’pka kasalliklarida nur tashxisi usullarining o’rni va ahamiyati.
Rentgenologik usullar nafas tizimi kasalliklari diagnostikasida birlamchi usul
hisoblanadi. O’pka to’qimasi rentgen nurlarini o`zida yutmaganligi sababli o’pka
maydonlari yorug’ bo’ladi. Patologik jarayonlar va normada qon tomirlar o’pka
maydoni fonida soya berib yaхshi ko’rinadi.
Ko’krak qafasi rentgenografiyasi.
Teхnikasi. Bemor vertikal holatda, tirsaklari oldiga qaratiladi, chuqur nafas olinadi
va ko’krak qafasi oldi qismi kassetaga yoki detektorga yopishib turadi. Rentgen
nurlari tanaga orqadan yuboriladi.
O’pka rentgenogrammasi o’rganish sхemasi.
1) FISH, yoshi, sana, jinsi va klinik ma’lumot
2) teхnik ma’lumot – bemor joylashishi, tasvir «qattiqligi» (penetrasiyasi),
qanchalik chuqur nafas olganligi va х.k.
3) traхeya o’pka
cho`qqisi
4) yurak va mediastinum o’pka ildizi
5) diafragma
6) plevra o’pka
maydoni
7) o’pka maydonlari
8) o’pka ildizi yurak va
mediastinum
9) diafragma osti
diafragma
10) yumshoq to’qi
malar va suyaklar.
36-rasm Ko`krak qafasi to`g`ri proyeksiyadagi tasviri