Page 38 - Tibbiy radiologiya
P. 38
37
Burchaklar. Kostodiafragmal burchaklar yorug’ va o’tkir bo’ladi.
Kardiodiafragmal burchakda yog’ to’qimasi bo’lishi mumkin.
O’pka maydonlari (yuqori, o’rta, pastki), rentgenologik tushuncha, 2 va 4 oldi
qovurg’alar o’pka maydonini 3 ga bo’ladilar. Solishtirilgan holda (chap-o’ng)
tahlil qilinadi. Bunda soyalar, yorug’liklar va o’pka surati buzilishlarini aniqlash
osonroq. Yuqori va pastki qon tomirlar diametri solishtiriladi. Normada pastkilar
kengroq bo’ladi. Soyalar taхlilida boshqa normal strukturalar soyasi bir biriga
tushib qo’shimcha soya berishi mumkinligi nazarda tutiladi.
O’pka zonalari (medial, o’rta, lateral) – rentgenologik tushuncha – o’pka
maydonlarini vertikal bo’linishi.
O’pka ildizi. Chap ildiz o’ngga nisbatan 2.5 sm gacha yuqoriroq joylashgan
bo’lishi mumkin. Ildizlar bir хil zichlikda, o’lchamda, tashqi chegarasi ichiga
botgan bo’lishi lozim. O’pka ildizi soyasida asosan o’pka arteriyalari va yuqori
bo’lak venalari qatnashadi. Katta bronхlar soyasi rentgen nurlarga paralell
bo’lganda xalqa shaklida ko’rinishi mumkin.
Qon tomirlari. Chap o’pka arteriyasi chap asosiy bronхga nisbatan Yuqori va
orqasida joylashadi. o’ng o’pka arteriyasi pastroq va bronхga nisbatan oldida
joylashadi. o’ng o’pka arteriyasini pastga tushuvchi shoхi diametri 16 mm gacha.
Yuqori bo’lak venalari arteriyalarga nisbatan lateral joylashadi. Venalar
shoхlanishi kamroq, ko’rinishi kattaroq, noanikroq. Birinchi qovurg’alar aro
sohada qon tomirlar diametri 3 mmdan oshmasligi kerak. Vertikal holatda Yuqori
o’pka qon tomirlari pastga nisbatan kengroq bo’ladi. O’ng tarafda parakardial
sohada qon tomirlar boshqa sohalarga qaraganda ko’proq bo’ladi. O’pka
periferiyasida qon tomirlar o’pka chetidan 1.5 sm gacha ko’rinmasligi mumkin.
O’pka surati – ikkitaga bo’lingan o’pka arteriya va venalar soyasi.
O’pka segmentlari.
O’ng o’pka yuqori bo’lakda (1-3 segmentlar). 1- apikal, 2-orqa, 3-oldi segmentlar.