Page 42 - Tibbiy radiologiya
P. 42

41

                  1.  Ventilyasiyani o’rganish. Bemorga radioaktiv modda (ksenon-133) gaz holatida

                      beriladi. Bemor bir necha daqiqa yopiq sistemada nafas oladi va so’ng o’pka

                      tasvirlari olinadi. Ventilyasiya buzilgan sohada modda kamroq  yig’iladi.

                  2.  Perfuziya  o’rganish.  Bemor  venasi  maхsus  radioaktiv  modda  bog’langan

                      mikrosferalar (albumin bo’lishi mumkin) yuboriladi. Ular o’pka kapillyarlarida

                      vaqtincha ushlanib qoladi (mingdan bittasida). Tasvir 5-10 min so’ng olinadi,

                      perfuziya kamaygan joyda RFP kamroq  yig’iladi.

                  3.  Ventilyasiya  va  perfuziya  nisbati.  Normal  o’pkada  ventilyasiya  va  perfuziya

                      tasvirlarida  modda  bir  tekis  va  paralell  yig’iladi.  Ventilyasiya  kamaysa

                      perfuziya  ham  kamayadi  (emfizematoz  bulla),  perfuziya  kamayganda

                      ventilyasiya buzilmaydi (emboliya).

                  Rentgenologik  usullar  va  kompyuter  tomografiyada  o’pka  tiniqligi/zichligini  va

                  hajmini nafas fazalarida o’rganib, ventilyasiya funksiyasi to’g’risida хulosa qilishi


                  mumkin.






















                     44-rasm. PET tekshirish usuli. Ko’ks oralig’i va chap o’pkada RFP to’planishi.
   37   38   39   40   41   42   43   44   45   46   47