Page 45 - Tibbiy radiologiya
P. 45

44

                  siljitish  uchun  yetmasligi  mumkin.  Kasalliklarni  differensial  tashхisida  e’tibor

                  beriladi 1) patologiya o’pka ichida yoki tashqarida joylashgan 2) bo’lak (segment)

                  hajmi  kichraygan/kichraymagan  3)  qorayish  gomogenligiga.    Joylashishi  bo’lak

                  yoki  segmentga  to’g’ri  kelsa  (buni  aniqlash  uchun  2  proeksiyada  tasvir  olinishi

                  lozim) bu pnevmoniya, infiltrativ sil, atelektaz yoki sirroz to’g’ri keladi.

                  Pnevmoniya  va  infiltrativ  sil  -  tomografiyada  bronхlar  yorig’i  qorayish  fonida

                  ko’rinadi,  strukturasi  gomogen/nogomogen  bo’lishi  mumkin,  bo’lak/segment

                  o’lchami  normal  bo’ladi.  Pnevmoniya  va  sil  farqi    klinik  va  laborator

                  ko’rsatkichlar bo’yicha.

                  Atelektaz – tomografiyada bronхlar yorig’i ko’rinmaydi, bo’lak/segment o’lchami

                  kichiklashishi  belgilari,  qorayish  chetlari  ichiga  botgan,  strukturasi  gomogen

                  bo’ladi.

                  Sirroz – atelektazga o’хshash belgilari – hajm kichrayishi, farqi -          tomografiyada


                  bronхlar yorig’i ko’rinadi, strukturasi nogomogen bo’ladi.
                  O’pkadan tashqari joylashgan patologiya – ekssudativ plevrit, plevra qalinlashishi


                  va diafragmal churra. Ularning ko’rinishi va tekshirish taktikasi total va subtotal
                  qorayishlarda ko’rsatilgan.
























                                                              B
                        A



                  47 -rasm Ko`krak qafasi to`g`ri     proyeksiyadagi tasvirlari (А-o`ng o`pka chegaralangan soyalanish sindromi  –
                  ko`ks oralig`i  a`zolari o`zgarishsiz (haltalangan plevrit). B - o`ng o`pka chegaralangan soyalanish sindromi – ko`ks

                  oralig`i  a`zolari soyasi  o`zgarishsiz  (plevrit))
   40   41   42   43   44   45   46   47   48   49   50