Page 37 - Tibbiy radiologiya
P. 37
36
intensivlikdagi tasvirlarda hamma umurtqa yaqqol ko’rinadi, kamaysa umurtqalar
umuman ko’rinmaydi. Noto’g’ri olingan tasvirda patologik jarayon aniqlanishiga
xalaqit beradi.
2. Nafas olish holati – chuqur nafas olingan tasvirni diafragma joylashishi bo’yicha
bilish mumkin – o’ngdan 5-6 oldi qovurg’a diafragma ostida turishi lozim,
chapdan 6-7. Nafas chuqur olinmasa yurak kattaroq ko’rinadi, o’pka surati
zichroq. Restriktiv kasallikda va ko’p boshqa holatlarda bemorlar chuqur nafas
ololmaydi.
Traхeya. Traхeya normada o’rtada joylashadi va aorta yoyi darajasida ozgina
o’ngga siljiydi. Aorta proksimal qismlari yorug’roq bo’ladi, diametri bir tekis.
Azigos venasi o’ng asosiy bronх va traхeya burchagida joylashadi normada 10 mm
kichik bo’lishi lozim, portal gipertenziya, kavak venalar obstruksiyasi, yurak
etishmovchiligida kattalashadi. Bifurkasiya burchagi – 60-75 gradus, kattalashadi –
chap bo’lmacha yoki bifurkasion limfa tugunlari kattalashganda.
Mediastinum va yurak. Ko’krak qafasi rentgenogrammasidagi o’rta soya =
yurak+qon-tomirlar + sternum + umurtqalar.
Yurakning 1/3 qismi o’ngda, 2/3 chap tarafda joylashadi, kardiotorakal indeks
(yurakni ko’krak qafasiga nisbati) = 1:2, yurak umurtqa chetidan o’ngda 2-3 sm
chiqib turadi va chapdan medioclavicularis chizig’iga 1.5-2.0 sm yetmaydi.
Yuqori mediastinum diametri 8 sm gacha yoki ko’krak qafasi kengligini 25%
gacha tashqil qiladi. Kichik bolalarda timus kattaligi tufayli Yuqori mediastinum
normada kengroq bo’ladi.
Diafragma. Chuqur nafas olingan tasvirda diafragma o’ngdan 5-6 oldi qovurg’a
darajasida joylashadi, chapdan 6-7. Diafragmalar bir darajada yoki chapdan
Yuqoriroq joylashishi normal bo’lishi mumkin. Joylashish farqi 3 sm oshsa
patologik hisoblanadi.
Plevra yorug’lari (fissuralar). Katta va kichik (gorizontal) fissuralar. Yon
rentgenogrammalarda normada ko’rinishi mumkin. Kichik plevre yorig’i to’g’ri
proeksiyada ham ko’rinishi mumkin. Lekin ko’pincha fissuralar ko’rinmaydi.