Page 137 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 137

-  ishtirokchilarning munosabatlari individval yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.
                        FSMU  tahlili  qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va
                  mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga asos bo‘ladi.
                        Namuna.
                        Fikr:    “Tuproqlarni  organik  moddalar  bilan  boyitish  tuproq  unumdorligini
                  oshirishdagi asosiy omillardan biridir”.
                        Topshiriq:  Mazkur  fikrga  nisbatan  munosabatingizni  FSMU  orqali  tahlil
                  qiling.
                           F - Bu ijobiy fikr, ammo mineral o‘g‘itlar tuproq unumdorligini oshiradi
                  degani asosli fikr emas.
                           S - Almashlab ekish joriy qilinganida, organik o‘g‘itlar qo‘llanilganda,
                  tuproq strukturasi donador bo‘lsa tuproq unumdorligi saqlanadi va oshadi. Ammo
                  mineral o‘g‘it- tuproq unumdorligining elementi.
                           M  -  Ekinlar  almashlab  ekilganida  ildizlari  azot  to‘plovchi  tugunak
                  bakteriyali  o‘simliklar  tuproqda  azotni  to‘planishiga,  shu  bilan  tuproq
                  unumdorligini  oshishiga  olib  keladi.  Organik  o‘g‘itlar  ham  tuproqda  gumus
                  to‘planishiga yordam beradi, strukturalik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, u suvni
                  shuncha yaxshi singdiradi, o‘zida uzoq tutib turadi va kam bug‘lantiradi, havo va
                  issiqlik rejimlari qulayroq bo‘ladi, mikrobiologik jarayonlar yaxshi kechadi, demak
                  gumifikatsiya  jarayonlari  tezlashadi.  Mineral  o‘g‘it  qo‘llanilganida  esa  shu
                  zaminda o‘sayotgan o‘simlik uni o‘zlashtirib o‘zi bilan olib chiqib ketadi.
                           U - Tuproq unumdorligini oshirish uchun almashlab ekishni joriy etish,
                  organik  o‘g‘itlar  solish  va  tuproq  strukturasini  yaxshilash  chora  tadbirlari
                  qo‘llanilishi  kerak.  O‘simliklardan  rejadagi  hosilni  olish  uchun  esa  tuproqning
                  oziqa  elementlar  bilan  ta’minlanganligini  bilgan  holda  mineral  o‘g‘itlar  solish
                  tavsiya etiladi.

                         “Assesment”  metodi
                         Metodning maqsadi:  mazkur metod ta’lim oluvchilarning bilim darajasini
                  baholash,  nazorat  qilish,  o‘zlashtirish  ko‘rsatkichi  va  amaliy  ko‘nikmalarini
                  tekshirishga  yo‘naltirilgan.    Mazkur  texnika  orqali  ta’lim  oluvchilarning       bilish
                  faoliyati  turli      yo‘nalishlar  (test,        amaliy       ko‘nikmalar,      mvammoli
                  vaziyatlar  mashqi,  qiyosiy  tahlil,          134  simptomlarni     aniqlash)      bo‘yicha
   132   133   134   135   136   137   138   139   140   141   142