Page 132 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 132
etkaziladi. Namlik termik metod yordamida aniklanadi. (Termik metod ushbu
qo'llanmada bayon etilgan). Tuproq namunasi olinishi bilan tajriba maydonchasi
usti darhol oldingi usulda berkitiladi. Namlikni qayta aniqlash uchun namuna olish
yana 1-2 kundan keyin takrorlanadi. Namlikni olish texnikasi yuqorida bayon
etilgan usulda bajariladi. Agarda har gal olingan tuproq namligi qatlamlarda
deyarli o'zgarmasa yoki yaqinroq bo'lsa namlikni aniqlash ishi to'xtatiladi,
aksincha, namlik ko'rsatkichi bir-biridan keskin farq qilsa, bu ish uchinchi marta
takrorlanadi.
DNS ni o'rganish bo'yicha olingan oxirgi ma'lumotlar quyidagi jadvalda o'z
ifodasini topadi.
DNSning miqdorini gektar hisobida kubometrda kerakli tuproq
qatlamlarida (O-50, 0-100, O-200 sm va q. k.) ifodalash mumkin.
DNSni dalada aniqlash imkoniyati bo'lmasa uni laboratoriya sharoitida
tuproq qatlamlari buzilmasdan olingan monolitlarda o'rganish mumkin.
32-jadval
Dala nam sig’imini aniqlash Dala nam sig’imi
Tuproq nomi va uning tafsiloti Tuproq namunasi olingan qatlam, sm Tajribadan oldingi tuproq namligi, % Tuproqning hajm massasi, g/sm 3 1 Takrorlanishi o'rtacha miqdori, %
3
Tuproq
2
Tuproq
og’irligiga massasiga
nisbatan
nisbatan
Mustaqil ishlash uchun savollar:
1. Tuproqdagi gigroskopik suvni o'zgarib turishi qanday omillarga ta'si
qiladi.
2. Qanday tuproqlarda maksimal gigroskopik suvi yuqori bo'ladi.
TUPROQNING SUV O‘TKAZUVCHANLIGI VA SUV
KO’TARUVCHANLIGINI ANIQLASH
Tuproqning suv o‘tkazuvchanligini aniqlash - Tuproqning suvni qabul
qilib olishi va o‘zi orqali yuqoridan pastga qarab o‘tkazish qobiliyatiga suv o‘ t k a
z u v c h a n l i k xossasi deyiladi. Suv o‘tkazuvchanlik asosan ikki bosqichdan:
shimilish va filtrlanish (sizib o‘tish) dan iborat. Suv o‘tkazuvchanlik tuproqning
mexanik tarkibiga, chirindi miqdoriga, donadorlik darajasiga, zichligiga va
kovakligiga bog‘liq. Suvga chidamli uvoqli – donador strukturali qumoq va soz
tuproqlar, shuningdek qumli va qumoq tuproqlar yuqori suv o‘tkazish
qobiliyatiga ega, strukturasiz, zich 129 tuproqlarda suv o‘tkazuvchanlik juda