Page 130 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 130
Ish tartibi: Maksimal gigroskopik suvni aniqlash uchun tayyorlangan
tuproq namunasidan 5-10 g olinadi. Tuproq termostatda quritilgan og’zi
yopiladigan quritkich stakanchaga solinadi (buning uchun diametri 5 sm va
balandligi 3 sm li shisha stakanchalardan foydalaniladi). Stakancha tuproq bilan
analitik tarozida tortiladi, so'ngra og’zi ochiq holda mahsus eksikatorda (Mitcherlix
va Nikolaev metodlari asosida tayyorlangan eksikatorlarda) qo'yilib, og’zi darhol
berkitiladi. 3-4 kundan so'ng eksikatordan juda ehtiyotkorlik bilan stakanchalar
(berkitilgan hqolda o'lchashdan oldin toza oq material bilan artilishi lozim) olinib
yana tortiladi. So'ngra og’zi ochiq holda qayta eksikatorga joylashtiriladi. O'lchash
2-3 kundan keyin yana takrorlanadi. Stakanchalarda o'zgarmas og’irlik hosil
qilguncha o'lchash davom ettiriladi. Suv parlari bilan to'liq to'yintirilgan
stakanchalar og’irlik o'zgarmagandan so'ng termostatga quritish uchun qo'yiladi.
Bundan keyingi ishlar gigroskopik namlikni aniqlash kabi olib boriladi, yozish va
hisoblash ishlari ham, shuningdek.
Maksimal gigroskopik ko'rsatkich tuproq gigroskopik namligini ham o'z
ichiga oladi. Maksisimal gigroskopik namligi aniqlangan tuproq namunasida
gigroskopik namlikni aniqlashda foydalanish mumkin. Bunda gigroskopik analiz,
tamom bo'lgandan keyin sovitish va o'lchash ishlarida og’irligi o'zgarmay qolgan
tuproq namunasi darhol maxsus eksikatorlarda (Nikolaev metodida K 2S0 4 tuzining
to'yingan eritmasi ustida) joylashtirilib, yuqorida bayon etilgan ishlar bajariladi.
TUPROQNING DALA NAM SIG’IMINI ANIQLASh
Dalada nam sig’imi (DNS) ni aniqlashining laboratoriya va dala metodlari
mavjud. Quyida dalada statsionar sharoitda bu gidrologik ko'rsatkichni aniqlash
metodini beramiz.
Kerakli asboblar: 5 m li ruletka, belkurak, ketmon, kigiz yoki kleyonka
(2x2 yoki 3-3 m), millimetrlarga bo'lingan chizqich yoki reyka, mm li qog’oz,
chelak, pichoq, alyumin idishchalar, (yaxshirog’i maxsus yashiklarda
joylashtirilgan alyumin stakanchalar), katta daftar N.A.Kachinskiy silindri,
termostat, eksikator, texnik va analitik tarozilar.
Ish tartibi: DNS aniqlanishi kerak bo'lgan maydondan 2x2 m, yaxshirog’i
3x3 m kenglikda statsionar tajriba maydonchasi ajratiladi. So'ngra ajratilgan
maydonchada to'rt tomondan balandligi 35-40 sm, dan iborat marzalar bilan
zichlashtiriladi. Bundan maqsad to'yintirish uchun berilgan suv chetga chiqib
ketmasligi shart. Ayniqsa, qumli va qumloq tuproqlarda kengligi 1x1 yoki 2x2 m,
balandligi esa 30-35 sm dan iborat yog’och yoki temir to'siqlar qo'llaniladi. Shu
usulda atrofdan ajratilgan tajriba maydonchasining o'rtasiga solingan suvni hisobga
olish uchun millimetrlarga bo'lingan reyka o'rnatiladi.
Dastlab tajriba uchun ajratilgan maydoncha yaqinidan tuproq kesmasi
qaziladi. Uning chuqurligi sizot suvigacha, agarda sizot suv satqi 3 m dan
chuqurda joylashgan bo'lsa 2,0—2,5 m chuqurlikkacha bo'ladi. So'ngra vertikal
profilda genetik qatlamlar ajratiladi va ularning morfologik yozilmasi beriladi. Har
bir genetik qatlamdan 1metrgacha har 10 sm da, qolgan chuqurlikda sizot
suvigacha har 20 sm dagi tuproq hajm massasi aniqlanadi. Bu, shu katlam
g’ovakligini hamda uni to'la 127 to'yintirish uchun zarur bo'lgan suv