Page 126 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 126
mikroagregatlar miqdorini aniqlash hamda unga sifat jiqatidan (suvga chidamlilik
nuqtai nazardan) baho berish katta amaliy ahamiyatga ega.
Mikroagregatlar miqdorini aniqlash N. A. Kachinskny taklif qilgan
quyidagi metod asosida bajariladi: maydalangan va teshiklari 1 mm li elakchadan
o'tkazilgan tuproqdan 20-30 g olib 500 ml li kolbaga solinadi. So'ngra uning ustiga
250 ml distillangan suv quyiladi va kolba og’zi yaxshilab probka bilan berkitiladi.
Tuproq agregatlarining to'liq namlanishiga erishish maqsadida eritma 24 soat
davomida qoldiriladi. So'ngra kolba gorizontal harakatlanuvchi avtomat
chayqatgichda 2 soat davomida (minutiga 180-200 marta) chayqatiladi.
Chayqatish tugagach kolbalar apparatdan olinadi va mikroagregatlarni
aniqlashga o'tiladi. Bundan keyingi ishlarning hammasi xuddi mexanik analizni
bajarish usulidagidek olib boriladi, ya'ni bo'tqali suspenziya 1 litrli silindrga
o'tkazish vaqtida unda 1,0-0,25 va 0,25-0,1 mm li zarrachalar elakchalar orqali
ajratib olinadi, qolgan zarrachalar gruppasi esa mexanik analizda bajariladigan
ishlar (pipetka yordamida namuna olish) singari amalga oshiriladi.
Bu analizning mexanik analizdan farqi shundan iboratki, mexanik
zarralarga hech qanday kimyoviy eritmalar ta'sir qilmaydi, balki faqat suv
ishtirokida mexanik ta'sir qilish orqali suvda buzilmay qolgan mikroagregatlar
aniqlanadi. Bu metod yordamida biz, 0,25 mm dan kichik hamda suvga chidamli
bo'lgan - 0,25-0,1,-0,1- 0,005, 0,005-0,002 va 0,001 mm dan kichik zarralarni
aniqlaymiz. Analiz natijasini hisoblash va uni yozish tartibi mexanik analiz
qismida berilgan.
30-rasm. Silindrda mexanik analiz uchun tayyorlangan suspenziyada
zarrachalarning tarqalishi.
TUPROQNING GIGROSKOPIK VA MAKSIMAL GIGROSKOPIK
NAMLIGI VA SO’LISH NAMLIGINI ANIQLASh.
Mashg’ulotdan maqsad: Tuproqning gigroskopik va maksimall
gigroskopik namligini aniqlash.
123