Page 124 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 124
aylanguncha barmoqlar bilan yoyiladi. Bunda ipni shunday yoyish kerakki, u
bo’yiga cho’zilib ketsin. Ipchalar bo’lakchalarga ajrala boshlaganda yumaloqlanish
chegarasi aniqlangan bo’ladi;
c) 2-kosachadagi quruq tuproq qoldig’I (D) tortiladi;
d) Yumoloqlanish chegarasini aniqlash uchun sarflangan tuproqning og’irligi
topiladi:
e) Tuproqning 100 g og’irlik qismiga to’g’ri keladigan yumaloqlanish
chegarasi (kub santimetr yoki protsentlarda) hisoblanadi:
100
Plastiklik chegarasini aniqlash.
Tuproqning plastikligi oqishning yuqori chegarasi bilan yumaloqlanish
chegarasi o’rtasidagi farqqa qarab aniqlanadi. Tuproqning plastikligi,
qovushqoqligi kabi, yerga ishlov berish sifatiga ta’sir qiladigan fizik-mexanikaviy
va kimyoviy xossalarga bog’liq. Haydalgan yerning strukturaliligi, yirik
kesakchaliligi va boshqalar tuproq plastikligining kattaligiga bog’liq.
Yig’ma jadval tuzish va xulosa chiqarishda tuproqning 100 og’irlik qismiga
tog’ri keladigan suvning og’irlik qismidagi tuproqning texnologik xossalariga
asoslaniladi.
Yig’ma jadval
Tuproqning Oqishning Oqishning Yopishqoqlik Yumaloqlanish Plastiklik
turi yuqori pastki chegarasi chegarasi chegarasi
chegarasi chegarasi
Zarur narsalar: texnikaviy tarozilar va tarozi toshlari, elak, tuproq, 30
sekundli qum soat, 2 dona chinni kosacha, 100 sm li o’lchov silindri, nikel
3
shpatel, shisha tayoqcha.
Mustaqil ishlash uchun savollar:
1. Tuproqning plastiklik holati deganda nimani tushunasiz?
2. Tuproqning plastikligi qaysi usul orqali aniqlaniladi?
3. Sug‘orish natijasida tuproqlarning fizik-mexanik xususiyatlari qanday
o‘zgaradi?
4. Tuproqning fizik-mexanik xossalarining tuproqning unumdorligidagi
ahamiyati nimalardan iborat?
121