Page 120 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 120

bo‘yicha quyidagi to‘rt kategoriyaga (Atterberg bo‘yicha) bo‘linadi:
                         Tuproq-gruntlar Plastiklik soni
                         Plastiklikligigi yuqori tuproq - gruntlar. . . . . . . . . . . . . . . . . >17
                         Plastik tuproq-gruntlar. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .17-7
                         Plastikligi pasat tuproq - gruntlar . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . .7-0
                         Plastiklik qobiliyati ifodalanmagan tuproq gruntlar.. .. .. . .. 0
                         Plastiklikning  quyi  chegarasi  –  bu  mexanik  ishlov  berish  mumkin
                  bo‘ladigan, tuproq namligining eng yuqori chegarasi yoki tuproqqa ishlov berish
                  uchun  optimal  namlikning  yuqori  me’yori.  Namlik  plastiklikning  yuqori
                  chegarasidan oshganda tuproq oqish yon bag‘irlar bo‘ylab siljish qobiliyatiga ega
                  bo‘ladi.  Shu  bilan  birga  plastiklikning  yuqori  chegarasi,  oquvchanlkining  quyi
                  chegarasi ham hisoblanadi.

                           TUPROQ PLASTIKLIGINING YUQORI CHEGARASI YOKI
                    OQUVCHANLIGINING QUYI CHEGARASINI A.M.VASILYEV USULI
                                                  BO‘YICHA ANIQLASH
                         Ushbu usul metaldan yasalgan maxsus uchli konusning (sof og‘irligi 76 g)
                  tuproqdan  tayyorlangan  xamirsimon  massaga  10  mm  chuqurlikka  kirishi  va  bu
                  tuproq massasining namligini aniqlashga asoslangan.
                         Ish  tartibi.  1  mm  li  elakchadan  o‘tkazilgan  15-20  gramm  quruq  tuproq
                  chinni  kosachaga  solinadi  va  quyuq  pasta  (xamir)  holiga  kelguncha,  uzluksiz
                  aralashtirib  turgan  holda,  asta-sekin  suv  quyib  turiladi.  So‘ngra  quyuq  pasta

                  maxsus  diametri  4  sm,  bo‘yi  2  smli      alyumin  stakanchaga,  zich  qilib  to‘ldirib
                  joylashtiriladi,  yuzasi  temir  yoki  qattiq  plastmassa  shpateli  bilan  tekislanadi  va
                  maxsus  yog‘och  supacha  (podstavka)  ustiga  qo‘yiladi.  Sirtiga  biroz  vazelin
                  surkalgan konus (ikkala barmoq bilan ushlab turilgan holda) tuproq yuzasiga olib
                  kelinadi. Konusning uchi tuproq yuzasiga tegishi bilan darhol barmoqlarni ochish
                  lozim.  Agar  konusning  uchi  10  mm  li  chiziqqacha  botsa  analiz  tamom  bo‘lgan
                  hisoblanadi.  Yani  bu  tuproq  namligi  plastiklikning  quyi  chegarasiga  teng
                  ekanligini ko‘rsatadi. Bordiyu, konusning o‘tkir uchi bu jarayonda belgilangan 10
                  mm li chiziqdan o‘tib ketsa, unda xamirsimon massadan biroz namlikni parlatish
                  yoki biroz quruq tuproq qo‘shish lozim, agarda 10 mm li chiziqqa yetmasa, unga
                  bir oz suv qo‘shiladi (29-rasm).
                         Shundan  so‘ng  darhol  tuproq  massasidan  uning  namligini  aniqlash  uchun
                  namuna  olinadi.  Namlikni  aniqlash  va  hisoblash  gigroskopik  namni  o‘rganish
                  tartibida olib boriladi.

                         Analiz 3-4 marta takrorlanadi. Olingan ma’lumotlar absolyut quruq tuproq
                  massasiga nisbatan foiz hisobida beriladi va bu ko‘rsatkich tuproq plastikligining
                  yuqori chegarasi yoki oquvchanligining quyi chegarasi deb hisoblanadi.








                                                                 117
   115   116   117   118   119   120   121   122   123   124   125