Page 125 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 125

D.G.VILENSKIY METODI ORQALI AGREGATNING SUVGA ChIDAMLI
                                                  HOLATINI ANIQLASh.

                           Mashg’ulotdan  maqsad:  Tuproqning  agregatlik  holatini  o'rganish  va
                  uning  suvga  chidamlilik  darajasiga  qarab  baho  berish  tuproqning  yog’in-sochin
                  suvlari  ta'sirida  yuvilish  tezligini  aniqlashda  hamda  ayrim  agronomik  tadbirlar
                  ishlab  chiqishga  yordam  beradi.  Bunday  ma'lumotlar  ayniqsa  suqorilmay,  faqat
                  yog’in-sochin  suvlari  yordamida  dehqonchilik  qilinayotgan  bahorikor  zona
                  tuproqlarini agronomik nuqtai nazardan baqolashda juda katta rol o'ynaydi.
                           Keyingi  vaqtda  dehqonchilikda  sug’orishning  yomg’irlatib  usulidan
                  foydalanish tuproqning bu xususiyatini chuqur o'rganishni taqozo qiladi.
                           D. G. Vilenskiy metodining asosiy mohiyati ma'lum kattalikdagi** ayrim
                  olingan  agregatni  mikrobyuretka  yordamida  tomizilayotgan  suv  yordamida
                  yuvilishiga  asoslangandir.  Har  bir  agregatni  yuvish  uchun  sarf  bo'lgan  suv
                  (millilitrda)  mazkur  tuproq  agregatlarining  suvga  chidamlilik  darajasidan  darak
                  beradi. Ma'lumki, agarda agregat qancha mustahkam bo'lsa, uni yuvish uchun shu
                  qadar ko'p suv sarf bo'ladi.
                           Ishlash tartibi. Analiz uchun olib kelingan tuproqdan o'rtacha namuna olib
                  (50-100 g) teshiklari 5-3 yoki 2-3 mm li elakdan o'tkazamiz. So'ngra namunadan
                  50 dona agregat ajratib olinadi. Agregatlarni analiz qilishdan oldin mikrobyuretka
                  suv bilan to'ldiriladi. So'ngra agregatlar (har qaysisi alohida-alohida) oraliqi 1 mm
                  kenglikda  qilib  birlashtirilgan  shisha  tayoqchalar  ustiga  qo'yiladi  va

                  mikrobyuretkadan  sekundiga  2  tomchi  suv  tomizilib  turiladi. Shisha  tayoqchalar
                  bilan mikrobyuretka orasidagi masofa 5 sm bo'lishi kerak. Analiz shisha tayoqcha
                  ustiga qo'yilgan agregat tomizilayotgan suv yordamida uning 1 mm li oralig’idan
                  batamom yuvilib pastga o'tib ketishi bilan tamom bo'ladi. Agregatni yuvish uchun
                  sarf    bo'lgan  suv  miqdori  yozib  boriladi  (ml  hisobida).  Mana  shu    yo'l    bilan
                  olingan 50 agregat, analiz qilpnadi. 50 agregatni yuvish uchun sarf  bo'lgan suv
                  miqdori qo'shiladi va topilgan yig’indi 50 ga bo'linib, bir agregatni yuvish uchun
                  ketgan o'rtacha suv miqdori (ml da) topiladi.
                           Analiz  uchun  tarkibida  eng  ko'p  miqdorda  agregatlar  bo'lgan  tuproq
                  olinadi.  (masalan,  5-3  yoki  2-3  mm  li  va  q.  k.).  Buning  uchun  N.I.  Savvinov
                  metodining  ma'lumotiga  (analizning    birinchi  qismi)  murojat  qilsa  bo'ladi.
                  Ko'pincha  suqoriladigan  o'tloqi    bo'z  tuproqlarda  5-3  yoki  3-2  mm  li  agregatlar
                  ustunlik qiladi.

                   TUPROQLARNING MIKROAGREGAT TARKIBINI N.A. KAChINSKIY
                                                USULI BILAN ANIQLASh.

                           Mashg’ulotdan         maqsad:       Tuproqning       mikroagregatlik       tarkibini
                  laboratoriya sharoitida aniqlash.
                           Tuproqdagi  fizik  jarayonlarni  boshqarib  borishda  faqatgina  tuproqning
                  makrostrukturasi  muhim  rol  o'ynamasdan,  balki  uning  mikrostrukturasi  ham
                  muhim  ahamiyatga  ega.  Masalan,  Respublikamiz  sharoitida  tarqalgan  bo'z
                  tuproqlarda  mikrostruktura  ustunlik          122  qiladi.   Shuning        uchun       ham
   120   121   122   123   124   125   126   127   128   129   130