Page 127 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 127

Kerakli asboblar: termostat, quritgich stakancha, analitik tarozi, eksikator.
                           Gigroskopik suvni aniqlash uchun analiz qilinadigan tuproq namunasidan
                  o'rtacha  5-10  g  dan  olib  shisha  stakanchaga  (termostatda  quritilgan,  og’irligi
                  o'lchangan,  og’zi  yopiladigan)  solinadi  va  analitik  tarozida  o'lchanadi.  So'ngra
                  stakanchalarni og’zi ochiq holda termostatga qo'yib, 105-110° issiqlikda 4-6 soat
                  quritiladi.  Shu  usulda  quritilgan  stakanchalar  darhol  og’zi  berkitiladigan  maxsus
                  eksikatorga  solinadi.  Eksikatorning  ostki  qismida  undagi  suv  parlarini  yaxshi
                  yutish qobiliyatiga ega bo'lgan Ca Cl 2 tuzi bo'ladi.  Eksikatorda stakanchalar xona
                  temperaturasigacha sovitiladi va qayta analitik tarozida tortiladi. Quritilib tortilgan
                  stakanchalar og’zi ochiq holda qayta quritiladi (2-4 soat) va sovitilib yana tortiladi.
                  Bu  ish o'zgarmas  og’irlik  hosil bo'lguncha  takrorlanadi. Tuproqdagi gigroskopik
                  suvning miqdori quyidagi  formula bilan  hisoblanadi (33-jadval).

                                                                 (a − b ) 100
                                                            X =
                                                                      H
                                                            .
                           X – gigroskopik suvning foiz miqdori, %
                           a – stakanning quritilmagan  tuproq bilan birga og’irligi (g hisobida),
                           b – stakanning quritilgan tuproq bilan birga og’irligi (g hisobida),
                           H – tuproqning og’irligi (g hisobida).
                           H-v-s,  bunda  s-stakanchaning  sof  (quritilgandan  so'ng)  og’irligi,  g
                  hisobida;
                           v - stakanchaning quritilgan tuproq bilan birga og’irligi, g hisobida.

                                                                                                     31-jadval
                               Gigroskopik suvni aniqlash quyidagi jadvalda yozib boriladi.

                  Tuproq      Namuna  Stakan           quruq  Stakanning          Stakanning        Gigroskopik
                  kesmasi      olingan     nomeri  stakan          tuproq          qurutilgan          namlik
                   nomeri  chuqurlik,                og’irligi      bilan         tuproq bilan
                   uning        sm da                             og’irligi         og’irligi
                  tafsiloti
                                                                                 1     2       3


                        TUPROQDAGI MAKSIMAL GIGROSKOPIK SUVNI ANIQLASh

                           Buning     uchun      laboratoriyada      E.A.Mitcherlix      va     A.V.Nikolaev
                  metodlaridan  foydalaniladi.  E.A.Mitcherlix  metodida  tuproq  zarrachalarini
                  maksimal  suv  parlari  bilan  to'yintirish  maqsadida  maxsus  eksikatorlarda  10%  li
                  sulfat kislotasi eritmasi yordamida 96-98% nisbiy namlik vujudga keltiriladi. Bu
                  metod  laboratoriyalarda  keng  tarqalganligi  bilan  bir  vaqtda  bir  qancha
                  noqulayliklarga  ega.  Birinchidan,  o'quvchi  ish  vaqtida  kislotali  eritma  bilan
                  aloqada bo'ladi. Yo'l qiyilgan har qanday xato uning hayoti  uchun xavf  tuqdirishi
                  mumkin.  Ikkinchidan,  eksikatorda                10% li sulfat kislota kontsentratsiyasi
                                                                 124
   122   123   124   125   126   127   128   129   130   131   132