Page 129 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 129

Analiz  uchun  tayyorlangan  stakanlar  nomerlanadi  va  ular  suv  bilan  to'ldiriladi.
                  Suvni  berish  qum  qatlami  orqali  amalga  oshiriladi.  So'ngra  namlab  undirilgan
                  chigit stakanga ekiladi. Chigitni qum qatlamining pastki qismiga qadaladi. So'ngra
                  stakanning  ustki  qismini  kuchli  qizib  ketishdan  saqlash  maqsadida  yupqa  paxta
                  qatlami bilan berkitiladi. Stakanni to'qri tushadigan quyosh nuridan saqlash lozim.
                  Chigit ungach, har bir stakanda ikkitadan nihol qoldirib, yagana qilinadi, ertalab,
                  kechqurun suv quyib turiladi. Bu hol niholda to'rtinchi chinbarg paydo bo'lguncha
                  davom  ettiriladi.  Beshinchi  chinbargning  paydo  bo'lishi  bilan  stakanchaga  suv
                  berish  batamom  to'xtatiladi.  Stakandagi  tuproqning  yuza  qismi  biroz  namligini
                  yo'qotgandan  so'ng  uning  yuzasiga  mos  holda  qog’ozdan  shakl  kesiladi  va
                  berkitiladi.  So'ngra  qog’ozning    usti  uncha  -  issiq  bo'lmagan  parafin  va  vazelin
                  (4:1)  aralashmasi  bilan  berkitiladi.  Havo  almashinishini  ta'minlash  maqsadida
                  yuzasi nina bilan bir necha joyidan teshib qo'yiladi va stakanlar maxsus soya joyda
                  saqlanadi.
                           G’o'za  navining  keyingi  rivojlanishi  faqatgina  stakanda  mavjud  bo'lgan
                  namlik hisobida bo'ladi. Parafinli qatlam mavjud namlikni fizik (tuproq yuzasidan)
                  parlanishdan saqlaydi. Vaqt o'tishi bilan stakandagi erkin, qulay suv jamharmasi
                  tamom bo'ladi. G’o'za nihollari barglari so'liy boshlaydi. Bu so'lish dastlab kunduz
                  kunlari  davom  etsada,  kechasi  yana  g’o'za  o'zining    turgor    holatini  tiklaydi.
                  Keyinchalik g’o'zaning so'lishi  kechasi ham  davom  etadi. Bu  holat g’o'za niholi
                  hattoki,  atmosferadagi  nisbiy  namlik  85-90%  bo'lgan  sharoitda    ham  o'zining
                  turgor holatini tiklay olmaydi. Bu vaqtda g’o'zaning so'lish namligi vujudga kelgan

                  hisoblanadi.
                           Shundan  so'ng  stakandagi  namlikni  aniqlashga  kiritiladi.  Buning  uchun
                  stakandan  g’o'za    niholi  yulib  tashlanadi,  uning  yuzasidagi  parafin  aralashmasi
                  qum hamda stakanning uchdan bir qismi tuprog’i ham olib tashlanadi. Stakanda
                  qolgan tuproq katta qog’oz  ustiga to'kiladi va undan namlikni aniqlash maqsadida
                  15-20  g  o'rtacha    namuna  olinadi.  Agarda  katta  tomirlar    bo'lsa  ular    terib
                  tashlanadi.  Namlikni  aniqlash  va  hisoblash  gigroskopik  suvni  aniqlash  singari
                  bajariladi.
                           O'SN  ni  aniqlash  3-4  qayta  takrorlanadi.  Olingan  ma'lumotlar  tuproq
                  massasiga  nisbatan  %  hisobida  yoki  kerak  bo'lganda  m   hisobida  har  bir  gektar
                                                                                   3
                  maydon uchun berish mumkin. O'simlikning so'lish namligini hisoblash yo'li bilan
                  aniqlash  mumkin. Buning  uchun MG ko'rsatkichdan foydanilgan har qanday xato
                  uning hayoti uchun xavf  tuqdirishi mumkin. Ikkichidan, eksikatorda 10% li sulfat
                  kislota  kontsentratsiyasi  vujudga  keltirilgan  nisbiy  namlik  va  harorat  natijasida
                  o'zgarib  turadi.  Shuning  uchun  ham  ba'zan  bu  metoddan  cheklangan  holda
                  foydalanib, A.V.Nikolaev metodiga murojat qilinadi.
                           A.  V.  Nikolaev  metodida  eksikatordagi  94-96%  nisbiy  namlik  K 2S0 4
                  tuzining  to'yintirnlgan  eritmasi  yordamida  hosil  qilinadi.  Nisbiy  namlik  atrof
                  muqitning  iqlim  o'zgarishlari  ta'sirida,  deyarli  o'zgarmaydi.  Bu  qulaylik  mazkur
                  metodni keng qo'llashga sabab bo'ladi.
                           Kerakli    asbob  va  reaktivlar:  termostat,  quritkich  shisha  stakancha,
                  analitik tarozi, eksikator, 10% li sulfat kislotasi, K 2S0 4 ning to'yingan eritmasi yoki
                  uning tuzi.                                    126
   124   125   126   127   128   129   130   131   132   133   134