Page 133 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 133
past. Suv o‘tkazuvchanlikning kattaligi va harakatini bilish tuproqlarni agronomik
va meliorativ baholash katta ahamiyatga ega. Suv o‘tkazuvchanlikni aniqlashni
laboratoriya va dala usullari mavjud.
Ish tartibi. Suv o‘tkazuvchanlikni laboratoriya sharoitida aniqlash uchun
uzunligi 25-30 sm, diametri 2-3 sm bo‘lgan 3 ta shisha silindr (nay) ning bir
tomoniga filtr qog‘oz qo‘yib, uning ustidan yupqa doka bilan bog‘lanadi. Filtr va
dokaning ortiqchasi qirqib tashlanadi. Silindrlarga 20 sm qalinlikda qumli,
strukturali va strukturasiz tuproqlardan yaxshilab joylanadi (silindrni qo‘lni kapiga
yoki yumshoq narsaga sekin urish bilan undagi tuproq zichlatiladi). Shisha silindr
shtativning pastki xalqasidagi voronkaga o‘rnatiladi (31-rasm).
31-rasm. Laboratoriya sharoitida tuproqning
suv o‘tkazuvchanligini aniqlash.
Voronka ostiga o‘lchov stakanchasi qo‘yiladi. So‘ngra vaqtni belgilab
olgach, silindrlardagi tuproqning ustiga suv quyib turiladi (tuproqning yuzasidagi
suvning qalinligi hamma vaqt 4 sm bo‘lib turishi shart) bunda silindrlar tagidagi
suv tomishiga qarab turish kerak. Birinchi tomchining qancha vaqtda tushishiga
qarab tuproqning suv o‘tkazishi aniqlanadi. Tajriba natijasiga qarab, har xil
tuproqlarning suv o‘tkazish diagrammasi tuziladi.
Tuproqning suv o‘tkazuvchanligini aniqlash uchun ma’lum vaqt (5, 10, 15,
20, 25 minut) oralig‘ida tuproqdan o‘tgan suvning hajmi (miqdori) o‘lchab
boriladi. Bu ish 1-1,5 soat davom ettiriladi. Tuproqning suv o‘tkazuvchanlik
darajasining vaqtga qarab o‘zgarishini kuzatish natijasi diagrammasi tuziladi (32-
rasm).
Tuproqning suv ko‘taruvchanligi kapillyarligi)ni aniqlash- Tuproqning
suv ko‘tarish qobiliyati–kapillyar kuchlar ta’sirida tuproqning suvni pastdan
yuqoriga qarab ko‘tarish xossasidir. Kapillyarlik va tuproqning suv
ko‘taruvchanligi natijasida sizot suvlari hisobidan o‘simliklar qo‘shimcha ravishda
suv bilan ta’minlanadi. Ammo, shu bilan birga, tuproqda havo yetishmaganligidan
moddalarning qayta tiklanishi va tuproq qatlamining sho‘rlanish jarayonlari yuzaga
keladi.
Tuproqda nafaqat sizot suvi bilan bog‘liq bo‘lgan harakatchan
kapillyar tiralgan suv, balki kapillyar 130 muallaq nam ham ko‘tarilish