Page 134 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 134

xususiyatiga ega. Tuproqning kapillyar yo‘llari orqali suv harakatining tezligi va
                  balandligi,  uning  mexanik  tarkibi,  strukturasi  va  qovushqoqligiga  bog‘liq.  Yirik
                  strukturali  va  qum  tuproqlarda  suv  pastdan  yuqoriga  tez  ko‘tarilsa  ham,
                  strukturasiz  tuproqlardagiga  qaraganda  baland  ko‘tarilmaydi.  Suvning  maksimal
                  ko‘tarilishi (sizot suv sathidan
                  yuqorida)  qumli  tuproqlarda  0,5-0,7  m,  qumoq  tuproqlarda  2,5-3,0  m,  og‘ir  soz
                  tuproqlarda  4-6  m  ni  tashkil  etadi.  Tuproqning  kapillyarlik  xossasi  o‘quv
                  laboratoriyasi sharoitida quyidagicha aniqlanadi (33- rasm).



























                         32-rasm. Tuproqlarning suv                    33-rasm. Qumli, strukturali va
                       o‘tkazish xossasini ko‘rsatuvchi                 strukturasiz turpoqlarning suv
                    diagramma: 1-qumli, 2-strukturali, 3-                       o‘tkazuvchanlik
                              strukturasiz tuproq                     xossasini ko‘rsatuvchi diagramma

                         Ish tartibi. Uzunligi 25-30 sm va diametri 2-3 sm bo‘lgan shisha silindrning
                  bir  tomoniga  filtr  qog‘oz  va  uning  ustidan  doka  bog‘lanadi.  Filtr  va  dokaning
                  ortiqchasi  qirqib  tashlangach,  kapillyarlik  xossasi  aniqlanmoqchi  bo‘lgan
                  tuproqdan (qum, strukturali va strukturasiz) olib tayyorlab qo‘yilgan silindrga 20
                  sm  qalinlikda  yumshoq  narsacha  bir  necha  marta  urib,  zichlab  joylashtiriladi.
                  So‘ngra  silindrlar  filtrli  tomoni  vannachalardagi  suvga  tegib  turgan  holatda
                  shtativga o‘rnatiladi.

                         Tajriba boshlangach vaqt belgilab quyiladi. Silindrlardagi har xil tuproqlarda
                  kapillyar  suvnining  ko‘tarilish  tezligi  va  suv  tuproqning  ustki  qavatiga  qancha
                  vaqtda  ko‘tarilganligini  aniqlash  bilan tuproqning  kapillyarlik  xossasi  kuzatiladi.
                  Bu tajribani ham uch xil, ya’ni qum, strukturali va strukturasiz soz tuproqlar bilan
                  bir vaqtda o‘tkazib, natijasini diagrammada (34- rasm) ko‘rsatish tavsiya etiladi.








                                                                 131
   129   130   131   132   133   134   135   136   137   138   139