Page 131 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 131
jamharmasini xisoblab chiqish uchun zarur. Tuproqning g’ovakligini va namligini
bilganimizdan so'ng ma'lum qalinlikdagi tuproqni to'la to'yintirish uchun zarur
bo'lgan suv miqdorini xisoblab chiqish mumknn.
Masalan, 1 metr chuqurlikdagi tuproqning g’ovakligi o'rtacha 50%
3
tajribadan oldingi suv jamharmasi esa 1700 m /ga teng. To'la to'yintirish uchun
zarur bo'lgan suv miqdori quyidagicha hisoblanadi:
3
10000 x 1 x 50/100 q 3300 m /ga suv kerak bo'ladi, ya'ni 330 mm suv
ustunini tajriba maydonchasida vujudga keltirish lozim. Ko'pgina tajribalar
ko'rsatadiki, tuproq mexanik tarkibiga ko'ra uning 1 m li qatlamini to'la namlash
uchun odatda, 1500-3500 m /ga suv etarli bo'ladi. Tuproq qatlamlari namligi
3
yuqori bo'lsa bu miqdor biroz kamayadi, past bo'lsa, aksincha bu miqdor oshadi.
Yuqorida bayon etilgan ishlar bajarilgandan so'ng bevosita DNS ni aniqlashga
kirishiladi.
Tuproqni to'la to'yintirish uchun hisoblab chiqilgan suv tajriba
maydonchasiga birdaniga berilmasligi lozim. Uni bir necha qismlarga bo'lib-bo'lib
berish kerak, chunki hamma suv birdaniga berilsa, birinchidan suvning chetga
chiqib ketish xavfi tug’iladi. Ikkinchidan, tuproq qatlamlarida havo bo'shliqining
paydo bo'lib qolishi bilan suvning tuproqqa singish tezligi o'zgaradi va nihoyat bu
DNS ko'rsatkichiga teskari ta'sir etadi. Tuproqni suv bilan to'yintirish ishlarini
yaxshisi kechasi olib borish lozim. Agarda buni iloji bo'lmasa ishni ertalab
boshlash kerak. Yoz kunlari havo haroratining ancha yuqori bo'lishi suvning fizik
parlanishiga (suv yuzasidan) sabab bo'ladi. Shuning uchun tajriba oxirida 10—20
litr suvni qo'shimcha qo'yish tavsiya etiladi. Hisoblangan suv batamom berilgandan
so'ng tajriba maydonchasinig yuzasi namlikni tuproqdan parlanib ketishini
kamaytirish maqsadida eng oldin dag’al bo'lmagan o'tlar yoki daraxt shox-
shabbalari, kleyonka uning ustiga iloji bo'lsa yana o't, shox-shabba va oxirida 35—
40 sm li tuproq tortiladi. Bunda tuproq qatlamlaridagi ortiqcha suvlarning pastki
qatlamlarga oqishi uchun sharoit yaratiladi.
Ortiqcha gravitatsion suvlarning pastki qatlamlarga oqishi tuproq
granulometrik (mexanik) tarkibiga qarab xilma-xil tezlikda bo'ladi. Shuning uchun
ham DNS tajriba tamom bo'lgandan so'ng ma'lum vaqt o'tishi bilan aniqlanadi.
Binobarin, soz mexanik tarkibli tuproqlarda DNS tajriba maydonchasi berkitilgan
kundan boshlab 3-5, o'rtacha mexanik tarkibli tuproqlarda 2-3, engil va qumli
tuproqlarda esa 1-2 kunlarda aniqlanadi. Belgilangan kunlar o'tishi bilan tajriba
maydonchasining usti ochiladi va undan kerakli katlamgacha har 10 sm
chukurlikdan 3-5 marta maxsus parmalar yordamida namuna olinadi. Namuna
mo'ljallangan tochkalardan konvert usulida, hech bulmasa uchburchak usulida
maydonchaning markaziy qismiga yaqin joyidan tanlanadi. Agarda bu tochkalar
(nuqtalar) maydonchaning chetki kismlarida joylashtirilsa, olingan ma'lumotlar bir
qancha noto'g’ri bo'lishi mumkin, chunki maydonchaning marzaga yaqin joyidan
ko'pincha suvlar yon tomonlarga shimilib, bizga kerakli chuqurlikkacha etib
bormasligi mumkin. Natijada biz umumiy hisobda katta xatolikka yo'l qo'yamiz.
Shu usulda olingan tuproq namunasidan o'rtacha 15-20 g olib darhol aniq
(alyumin) idishchalarga solinadi va texnik tarozida uning nam holatdagi og’irligi
o'lchanadi (dalada), yoki bunga 128 sharoit bo'lmasa tezda laboratoriyaga