Page 128 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 128
vujudga keltirilgan nisbiy namlik va harorat natijasida o'zgarib turadi. Shuning
uchun ham ba'zan bu metoddan cheklangan holda foydalanib, A.V. Nikolaev
metodiga murojat qilinadi.
A. V. Nikolaev metodida eksikatordagi 94-96% nisbiy namlik K 2S0 4
tuzining to'yintirilgan eritmasi yordamida hosil qilinadi. Nisbiy namlik atrof
muhitning iqlim o'zgarishlari ta'sirida deyarli o'zgarmaydi. Bu qulaylik mazkur
metodni keng qo'llashga sabab bo'ladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: termostat, quritkich shisha stakancha,
analitik tarozi, eksikator, 10% li sulfat kislotasi, K 2S0 4 ning to'yingan eritmasi yoki
uning tuzi.
Ish tartibi: Maksimal gigroskopik suvni aniqlash uchun tayyorlangan
tuproq namunasidan 5-10 g olinadi. Tuproq termostatda quritilgan og’zi
yopiladigan quritkich stakanchaga solinadi (buning uchun diametri 5 sm va
balandligi 3 sm li shisha stakanchalardan foydalaniladi). Stakancha tuproq bilan
analitik tarozida tortiladi, so'ngra og’zi ochiq holda mahsus eksikatorda (Mitcherlix
va Nikolaev metodlari asosida tayyorlangan eksikatorlarda) qo'yilib, og’zi darhol
berkitiladi. 3-4 kundan so'ng eksikatordan juda ehtiyotkorlik bilan stakanchalar
(berkitilgan holda o'lchashdan oldin toza oq material bilan artilishi lozim) olinib
yana tortiladi. So'ngra og’zi ochiq holda qayta eksikatorga joylashtiriladi. O'lchash
2-3 kundan keyin yana takrorlanadi. Stakanchalarda o'zgarmas og’irlik hosil
qilguncha o'lchash davom ettiriladi. Suv parlari bilan to'liq to'yintirilgan
stakanchalar og’irlik o'zgarmagandan so'ng termostatga quritish uchun qo'yiladi.
Bundan keyingi ishlar gigroskopik namlikni aniqlash kabi olib boriladi, yozish va
hisoblash ishlari ham, shuningdek.
Maksimal gigroskopik ko'rsatkich tuproq gigroskopik namligini ham o'z
ichiga oladi. Maksimall gigroskopik namligi aniqlangan. Tuproq namunasida
gigroskopik namlikni aniqlashda foydalanish mumkin. Bunda gigroskopik analiz
tamom bo'lgandan keyin sovitish va o'lchash ishlarida og’irligi o'zgarmay qolgan
tuproq namunasi darhol maxsus eksikatorlarda (Nikolaev metodida K 2S0 4 tuzining
to'yingan eritmasi ustida) joylashtirilib, yuqorida bayon etilgan ishlar bajariladi.
O'SIMLIKNI TO'LA SO'LISh NAMLIGINI ANIQLASh.
O'simlikning so'lish namligini aniqlashda ko'pgina metodlar taklif etilgan
(Dolgov, Fedorovskiy va boshqalar). Biz quyida g’o'zaning so'lish namligini:
aniqlashning S. N. Rijov va N. I. Zimina metodlarini beramiz.
Ish tartibi: Maydalangan va teshiklari 1-2 mm li elakchadan o'tkazilgan
havo quruqligi holatidagi tuproq 200-250 ml li stakanga solinadi. Tuproqni
stakanga solishdan oldin stakan ostiga shag’al yoki yirik qum qatlamini vujudga
keltirish maqsadga muvofiqdir, chunki bu qatlam suv va havo harakatini
yaxshilaydi. Stakanning ustki 2,0-2,5 sm li qismi qoldiriladi. Stakan atrofi o'simlik
ildizlarini to'qri tushadigan atmosfera nurlaridan saqlash maqsadida qog’oz bilan
o'raladi.
Stakanni tuproq bilan to'ldirib, biroz silkitiladi, ustki qismiga esa yaxshi
saralangan qum solinadi. Qum 125 qatlami stakandagi namlikni saqlaydi.