Page 121 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 121
29-rasm. Vasilev balansirli konusining umumiy ko‘rinishi:
1-tuproq namunasi o‘rnatiladigan maxsus moslama; 2-bir xil shakldagi va
og‘irlikdagi 2 ta metall shar; 3-konusining markaziy ushlagichi; 4-o‘tkir uchli
konus (uning umumiy balandligi 25 mm, tuproq massasiga kirish balandligi 10
mm); 5-yopishqoqligi aniqlanishi kerak bo‘lgan namlangan tuproq namunasi
solingan alyumin stakancha.
TUPROQ PLASTIKLIGINING QUYI CHEGARASINI
ATTERBERG USULIDA ANIQLASH
Ish tartibi. 1 mm li elakdan o‘tkazilgan quruq tuproq chinni kosachaga
solinib, bir xil kosistensiya (tuproq namlik holatidagi zichlilik) darajasidagi
plastiklik holatiga kelguncha asta-sekin suv quyilib, yaxshilab aralashtiriladi.
Kosachadagi oldingi aniqlashdan qolgan tuproq pastasidan foydalanish ham
mumkin. Tayyorlangan tuproq massasidan bir bo‘lak olinib, kaftlar orasida
diametri 10 mm li sharikcha tayyorlnadi, so‘ngra u tekis yaltiroq oq qog‘oz yoki
shisha ustida yumalatilib, 3 mm yo‘g‘onlikda loyli shnur (ip) ga aylantiriladi.
Shnur yana sharikcha holga kelguncha yumaloqlanadi va u yana shnur hosil
bo‘lguncha yoyiladi. Yumaloqlash va yoyish tuproq shunuri 8-10 mm uzunlikdagi
bo‘lakchalarga bo‘linib ketgunga qadar davom ettiriladi. So‘ngra ular yig‘ishtirilib,
stakanchaga solinadi va namligi aniqlanadi, qaysiki ushbu namlik plastiklikning
quyi chegarasiga teng bo‘ladi. Analiz 3-4 marta takrorlanadi. Takrorlanishlar
orasidagi farq 2% dan oshmasligi kerak. Namni aniqlash jarayoni yuqoridagi
bo‘limlarda bayon etilgan.
Plastiklikning yuqori va quyi chegaralaridagi tuproq namligining farqiga
ko‘ra plastiklik soni aniqlanadi.
TUPROQNING PLASTIKLIGI
Atterberg kuzatishlariga ko’ra, har xil miqdorda suv saqlangan tuproqlar turlicha
xususiyatga ega, ba’zan ular oquvchan, yapishqoq, yaxshi shakllanadigan va
cho’ziladigan bo’ladi. Bu farqlarni raqamlarda ko’rsatish uchun tuproq xossalari
o’zgaradigan chegarani toppish kerak. Tuproq xossalarini o’rganish uchun
Atterberg quyidagi chegaralarni belgilagan:
118