Page 118 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 118
1,0-1,3 g/sm3- eng maqbul (optimal)
1,3-1,4 g/sm3-yaxshi
1,4-1,5 g/sm3- qoniqarli
1,5-1,6 g/sm3- qoniqarsiz
Tuproq zichligining qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘sib-rivojlanishiga ta’siri.
3
Ko‘pchilik q/x ekinlari uchun optimal tuproq zichligi 1-1,2 g/sm
hisoblanadi.
Chopiq qilinadigan ekinlar, kartoshka, sabzi, qand lavlagi, makkajo‘xori,
kungaboqar o‘simliklari tuproqning ustki qamlamida qalin ildiz tizimi rivojlanadi,
shuning uchun ular tuproq zichligiga o‘ta talabchandir. Ushbu o‘simliklar uchun
3
optimal zichlik – 0,9-1,2 g/sm
3
Boshoqli ekinlar uchun – 1,1-1,3 g/sm
3
Qovun urug‘larining normal unib chiqishi uchun – 1,25-1,30 g/sm )
3
G‘o‘za, beda ekinlari tuproqning yuqori zichligida (1,1-1,4 g/sm ) ham
yaxshi o‘sib rivojlanadi.
Tuproq zichligiga chidamliliga ko‘ra mevali daraxtlarni quyidagicha
joylashtirish mumkin: gilos, o‘rik, nok, olma, olxo‘ri va olcha.
3
Optimal tuproq zichligining 0,01 g/sm ortishi:
G‘alla ekinlari hosilining 100 kg/ga;
Kartoshka hosilining 150-200 kg/ga ga kamayishiga olib keladi.
Tuproqning g’ovakligini aniqlash. Tuproq tarkibidagi mexanikaviy zarralar,
struktura bo’lakchalari oralig’i, ildiz, qurt-qumursqa yo’llari hisobiga hosil bo’lgan
bo’shliqlar yig’indisi tuproqning g’ovakligi deyiladi. Tuproq qovakligini
aniqlashda qovaklikni ayrim asboblar (kapillyarometrlar) yordamida aniqlash
mumkin. Lekin bu ko'rsatkichni tuproqning solishtirma va hajm massalari natijasi
asosida quyidagi formula yordamida ham topish mumkin.
bu yerda;
dsm − dxm
P =
dsm
.
P- tuproq qovakligi, protsent hisobida,
dsm - tuproqning solishtirma massasi g/sm ,
3
3
dxm - tuproqning hajm massasi g/sm
100 - protsentga aylantirish koeffitsienti.
Tuproq umumiy kovakligini baholash (N.A.Kachinskiy bo‘yicha)
Umumiy kovaklik, % Tuproq kovakligining sifat bahosi
>70 Haddan tashqari kovakli
55-65 A’lo
50-55 Qoniqarli
<50 Qoniqarsiz
40-25 Juda past 115