Page 116 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 116

m  100
                                                                 −
                                                        A=   100 w   ,  bu yerda,
                                                            .
                         t - analiz bajarilayotgan sharoitdagi tuproq og’irligi, g hisobida
                         w - gigroskopik namlik, % hisobida.
                         Analiz ma'lumotlarini quyidagi jadvalga yozish tavsiya etiladi.

                                                                                                     30-jadval

                    Tuproq      Chuqurligi,    Piknometr      Namuna        Piknometr og’irligi(g)   Tuproqni
                    kesmasi         (sm)         nomeri       oqirligi,                              solishtirma
                    nomeri,                        №             (g)        Suv b-n,     Suv va       massasi
                                                                                                            3
                       №                                         A             B         tup. b-n,    (g/sm )
                                                                                            C


                         Yuqorida bayon etilgan tuproq qattiq fazasini aniqlashga doir bo'lgan metod
                  sho'rlanmagan tuproqlar uchun qo'llaniladi. Biroq sho'rlangan tuproqlar uchun bu
                  metodni  qo'llash  mumkin  emas.  Sho'rlangan  tuproqlarning  solishtirma  massasini
                  aniqlash  uchun  suv  o'rniga  inert  eritmalar-kerosin,  benzin,  toluol  va  boshqalar
                  ishlatiladi.  Inert  eritmalar  tuproqni  yaxshi  namlasada,  uning  tarkibidagi  tuzlarni
                  eritmaydi.
                         Tuproq  tarkibidagi  tuzlar  ham  doimiy  bo'lmasada  tuproq  mineral  qismini
                  tashkil  etadi.  Shuning  uchun  ham  tuzlarni  erimagan  holda  saqlab  qolish  va  uni
                  solishtirma massasini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
                         Aniqlash  metodi.  Maydalangan  tuproqdan  teshiklari  1  mm  elakchadan
                  taxmiman  10-15  gramm  elab  olib  oldindan  tayyorlangan  (og’irligi  aniq  bo'lishi
                  shart  emas)  byuksga  yoki  alyuminiy  stakanchaga  solib,  100-105°С  termostatga
                  qo'yiladi  va  4-6  soat  davomida  qizdiriladi  so'ngra  uni  eksikatorda  uy
                  temperaturasigacha  sovitib  analitik  tarozida  o'lchanadi  va  nomerlangan
                  piknometrga  solinadi  (piknometrlarni  albatta  probkalari  bo'lishi  kerak)  va  yana
                  qayta analitik tarozida tortiladi va uning ustiga 5-10 mm inert eritma quyiladi va
                  ertagacha qoldiriladi. So'ngra piknometr bir soat davomida vakuum-apparat ichida
                  saqlanadi.  Belgilangan  vaqt  o'tishi  bilan  piknometr  olinadi  inert  eritma  bilan
                  bo’g’zidagi chiziqigacha to'ldiriladi va o'lchanadi. Inert eritma toza bo'lishi kerak.
                         Agarda inert eritmaning solishtirma massasi noma'lum bo'lsa, uni aniqlash
                  kerak.  Buning  uchun  piknometr  shu  inert  eritma  bilan  to'ldiriladi  va  o'lchanadi.
                  Eritma  og’irligini  uning  hajmiga  bo'lish  orqali  eritmaning  solishtirma  massasi
                  topiladi.
                         Solishtirma  massani  topish  vaqtida  temperatura  sharoitiga  alohida  e'tibor
                  berish  zarur.  Inert  eritmalar  yordamida  solishtirma  massasi  topish  formulasi  va
                  uning yozish tartibi solishtirma massani suv yordamida topish tartibidagidek olib
                  boriladi.
                         Tuproqning  hajm  massasini  aniqlash  odatda  dala  sharoitida  tuproq
                  qatlamlarini  buzmagan  holda  aniqlanadi.  (hajm  massani  aniqlashning  biror-bir
                  ixchamlashtirilgan            laboratoriya     113  metodi  mavjud  bo'lmaganligi  uchun
   111   112   113   114   115   116   117   118   119   120   121