Page 117 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 117

ushbu  bo'limda  uni  aniqlashning  laboratoriya  metodi  berilmaydi).  Bu  maqsad
                  uchun  har  xil  hajmdagi  silindrlardan  foydalaniladi.  Ma'lum  hajmga  ega  bo'lgan
                  silindrlarning  quyi  qismi  ancha  o'tkirlashgan  bo'lib,  u  tuproqni  kesishga
                  moslashtirilgan. Silindrning ustki qismida temir halqa kiydirilgan bo'ladi. Bu halqa
                  tuproqni  silindrda  o'ta    zichlashib  ketishidan  saqlaydi.  Silindr  tuproqqa  yoqoch
                  yo'nalgich yordamida kiritiladi.
                         Tuproqning  hajm  massasini  aniqlashga  kirishishdan  oldin  silindrning
                  og’irligini, uning balandligini va kesadigan qismining diametrini aniqlash kerak,
                  so'ngra uning hajmi quyidagi formula bilan topiladi.

                                                                V=r h
                                                                      2
                         v— silindr hajmi, sm  hisobida,
                                                 3
                          — 3,14 ga teng
                         r — silindr kesadigan  qismishshg  radiusi, sm hisobida,
                         h— silindr balandligi, sm hisobida.
                         Ishlash tartibi. Hajm massasi aniqlanishi kerak bo'lgan maydonda tuproq
                  kesmasi (o'rasi) qaziladi va hajm massa aniqlanishi kerak bo'lgan chuqurlikkacha
                  kesmaning  oldingi  devori  tozalanadi.  Qo'yilgan  maqsadga  qarab  hajm  massa
                  bahorda,  kuzda,  yozda  ekish  oldidan  yoki  undan  so'ng  har  xil  chuqurlikda
                  aniqlanishi mumkin. Hajm massani aniqlash tabiiy namlikni aniqlash bilan parallel
                  ravishda  olib  boriladi.  Bu  ish  yuqori  qatlamlarda  kamida  besh  marta,  pastki
                  qatlamlarda esa 3 marta takrorlanishi kerak. Ko'pchilik ilmiy-tekshirish maqsadlari
                  uchun mo'ljallangan ishlarda hajm massani bir metrgacha har 10 sm da o'tkazish,
                  ikkinchi va undan keyingi metrlarda esa har 20 sm da aniqlash qabul qilingan.
                         Buning  uchun  ma'lum  hajmdagi  silindr  tuproq  devorlariga  yog’och
                  yo'nalgichlar orqali qoqiladi va so'ngra u olinib tekislanadi hamda og’irligi texnik
                  tarozida (dalada) o'lchanadi. O'lchangan tuproq katta karton qoqoz yoki plyonka
                  ustiga  to'kiladi  va  yaxshilab  aralashtirilgandan  so'ng  undan  namlikni  aniqlash
                  uchun oldindan og’irligi aniq bo'lgan 2 yoki 3 stakanga namuna olinadi. Namlikni
                  aniqlash statsionar laboratoriya sharoitida olib boriladi.
                         Hajm massa (QM) quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
                                                           Pc 100
                                                 (QM)=   (100 w      , bu yerda
                                                              −
                                                                 ) v
                                                         .
                         P c - silindrdagi tabiiy nam holatdagi tuproq og’irligi, gramm hisobida;
                         W - tuproqning namligi, protsent hisobida;
                                                3
                         v - silindr hajmi, sm  hisobida.
                         P c- esa quyidagicha hisoblanadi: P c= A - V bu yerda;
                         A - silindrning tabiiy nam holdagi tuproq bilan og’irligi, gramm hisobida;
                         V - silindrning sof og’irligi, gramm hisobida;

                         O‘zbekistonning  sug‘oriladigan  bo‘z  tuproqlar  haydalma  qatlamining
                  zichligi qiymatini E.F.Morozovaning  ma’lumotlari asosida  (1969  y)  quyidagicha

                  baholash mumkin:
                                                                 114
   112   113   114   115   116   117   118   119   120   121   122