Page 119 - Burxanova D. Tuproq_fizikasi va iqlim o'quv qo'llanma
P. 119

Mustaqil ishlash uchun savollar:
                         1.  Tuproqni  hajm  og’irligi  o'zgarib  turishiga  tuproqni  mexanik  tarkibi
                  qanday ta'sir qiladiq
                         2. Tuproqning solishtirma og’irligi o'zgarib turishiga tuproq zichligini ta'siri
                  qanday.


                     TUPROQ PLASTIKLIKNI ANIQLASH. PLASTIKLIKNING QUYI VA
                     YUQORI CHEGARASINI HAMDA MIQDORINI HISOBLASH YO’LI
                                                     BILAN ANIQLASH

                         Tuproqqa  sifatli  ishlov  berish,  urug‘larning  unib  chiqishi,  o‘simlik
                  ildizlarining  tuproqning  turli  qatlamlariga  kirib  borish  holati  va  o‘simliklarning

                  o‘sib rivojlanish sharoitlari uning fizik - mexanik xossalariga bog‘liq bo‘ladi.
                         Fizik - mexanik xossalar, birinchidan tuproqning xususiyatlarini (kimyoviy
                  tarkibi  va  fizik  xossalari)  o‘zida  aks  ettirsa,  ikkinchi  tomondan  tuproqqa  ishlov
                  berish nuqtai nazaridan uni baholashda muhim o‘rin tutadi.
                         Fizik-mexanik  xossalarni  o‘rganish  tuproqning  texnologik  xususiyatlarini
                  baholashda, ya’ni erlarga ishlov berishda, ekish va yig‘ib-terib olishda, tuproqqa
                  ishlov  berishda  qo‘llaniladigan  xilma-xil  qurollarni  joriy  qilishda,  shuningdek,
                  haydov mashinalari, ayniqsa, ularning ishchi qismlari konstruksiyasi, tortish kuchi,
                  ishlov  berish  uchun  sarf  bo‘ladigan  yonilg‘i  miqdorini,  tuproq  strukturaliligini
                  saqlash  uchun  kerakli  namlik  chegarasini  aniqlash  kabi  muhim  texnologik
                  jarayonlarni o‘rganishda katta ahamiyatga ega.
                         Tuproqning  fizik-mexanik  xossalariga  tuproqning  plastikligi,  tuproqning
                  yopishqoqligi, tuproqning bo‘kishi va cho‘kishi, tuproqning ilashimligi, tuproqning
                  qattiqligi,  tuproqning  solishtirma  qarshiligi,  tuproqning  fizik  etilganligi  kabi
                  xususiyatlari kiradi.
                         Nam  tuproqning  har  qanday  tashqi  kuchlar  ta’sirida  o‘z  yaxlitligini
                  buzmagan  holda  shaklini  o‘zgartirishi  va  buni  mexanik  kuchlardan  keyin  ham
                  saqlab qolish xususiyatiga tuproqning p l a s t I k l i g i deyiladi. Plastiklik odatda
                  nam  xoldagi  soz,  qumoq  va  qisman  qumloq  tuproqlar  uchun  xarakterli.  Quruq
                  tuproq plastiklikka ega emas.
                         Yuqori namlik bo‘lganda ham tuproq oqadigan holga keladi va plastikligini
                  yo‘qotadi.  Tuproq  namligiga  ko‘ra  (Atterberg  bo‘yicha)  plastiklikning  quyidagi
                  konstantalari ajratiladi:

                         1.  Plastiklikning  yuqori  chegarasi  –  shunday  namlik  hisoblanadiki,  unda
                  standart (76 g) konussimon metall moslama o‘z og‘irligi bilan tuproq orqali 10 mm
                  chuqurlikgacha kirib boradi.
                         2.  Plastiklikning  quyi  chegarasi  –  tuproq  namunasini  3  mm  ga  qadarli  ip
                  holida eshilganda, unda ajralib ketishlar ro‘y bermaydigan holatdagi namlikdir.
                         3.  Plastiklik  soni  (miqdori)  –  plastiklikning  yuqori  chegarasi  bilan  quyi
                  chegarasi o‘rtasidagi farq hisoblanadi. Bu farq qanchalik yuqori bo‘lsa, tuproq va
                  gruntning  plastikligi  ham  shuncha              kattadir.Tuproqlar       plastiklik    soni
                                                                 116
   114   115   116   117   118   119   120   121   122   123   124