Page 81 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 81

3.     Bo‘yoqdor  ro‘yanning qaysi qismi tibbiyotda ishlatiladi?


                MAVZU: BO‘YIMODARON - (ACHILLEA MILLEFOLIUM L.) TURINI

                                             ANIQLASH USULLARI.
                      Dars  maqsadi:  Talabalarda  bo‘yimodaron  turkumi  turlarini  aniqlash

               usullari                                                   h                            a                    q                      i                      d                            a                                                           ko‘nikmalarini shakillantirish.
                      Identiv o‘quv maqsadlari:
                      1.     Bo‘yimodaron turkumi turlari to‘g‘risida ma’lumot bera oladi.

                      2.     Bo‘yimodaron turkumi turlarini aniqlash usullarini biladi.

                      Kerakli  jihoz  va  materiallar:  o‘simliklar  aniqlagichi,    gerbariylar,
               rasmlar, lupa,  slaydlar.
                      Qisqacha nazariy ma’lumotlar.

                      Bo‘yimodaron – (Achillea millefolium L.) – Astyeraceae – Qoqio‘tdoshlar
               oilasiga  mansub  ko‘p  yillik  bo‘yi  20-50  sm  gacha  еtadigan  o‘t  o‘simlik.

               Ildizpoyasi  shoxlangan  bo‘lib,  yеr  osti  novda  hosil  qiladi.  Bunday  novdadan
               ildizoldi barglar va poyalar o‘sib chiqadi. Poyasi bir necha tik o‘suvchi, yuqori
               qismi shoxlangan bo‘lib, ular qalqonsimon gulto‘plamlari bilan tugallanadi. Bargi
               oddiy ikki marta patsimon ajralgan bo‘lib, poyada bandsiz ketma-ket o‘rnashgan.

               Gullari savatchaga to‘plangan. Savatchalar o‘z navbatida qalqonsimon to‘pgulni
               tashkil etadi.                                            Mevasi yassi, tuxumsimon kulrang pista.
                      Kimyoviy tarkibi. Tarkibida karotin, K va S vitamini, axillen va betonsin

               alkaloidlari  va efir moylari bor.
                      Ishlatilishi. Xomashyosining dori preparatlari me’da-ichak kasalliklarini
               davolash, ishtaha ochish va qon to‘xtatuvchi dori sifatida, hamda burun, milk va

               yaralar qonaganda uni to‘xtatish uchun ishlatiladi.
                      Boshog‘riq  bo‘yimodaron-  (Achillea  millefolium  L.)  Tilsimon  va
               savatchaning o‘rtasidagi gullari sariq. Barglari keng, uzunchoq —nashtarsimon,

               patsimon bo‘lakli, bo‘lmalari yirik, tishsimon qirqilgan. Ko‘p yillik ildizpoyali
               o‘simlik.  Poyasi  60—75  sm,  jo‘yakli,  qirrali,  uzun  tuklar  bilan  qoplangan.
               Tilsimon gullari 1—3(4) tadan.  Aprel — sentyabr oylarida gullab, meva beradi.
               Adir  va  tog‘larda,  turli  ekologik  sharoitlarda o‘sadi.  Toshkent,  Samarqand,

               Navoiy,  Jizzax,  Sirdaryo,  Surxondaryo,  Andijon,  Namangan,  Qashqadaryo
               viloyatlarida tarqalgan.

                      Dastarbosh bo‘yimodaron- Achillea filipendulina Lam. Barglari qalami
               —  nashtarsimon,  oddiy  yoki    ikki  marta  patsimon  qirqilgan.  Ko‘p  yillik
               ildizpoyali    o‘simlik.    Poyasi  20—40  sm,  jo‘yakli,    qirrali,    sertuk.  Tilsimon





                                                                                                            81
   76   77   78   79   80   81   82   83   84   85   86