Page 86 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 86
Nazorat uchun savollar.
1. Qoraqatdoshlar – (grossulariaceae ) oilasi qanday sistematik
belgilarga ega ?
2. Ra’nodoshlar – (rosaceae) oilasining o‘ziga xos belgilari nimalar?
3. Respublikamizda keng tarqalgan tabiiy holda o‘suvchi ikki oila
turlari, ularning yashash sharoitlari, hayotiy shakllari va ahamiyatini ko‘rsating?
MAVZU: TOSHBAQATOLDOSHLAR – (RO‘TACEAE),
SUTLAMADOSHLAR – (YEUPHORBIACEAE)
Amaliy mashg‘ulotning asosiy maqsadi: Toshbaqatoldoshlar
Sutlamadoshlar oilasi vakilarini va ularning turlari haqida qisqacha tushunchalar
berish. Talabalarga bu oilalarning sistematik va morfologik tavsiflari haqida
ma’lumot berish.
Toshbaqatoldoshlar – (Ro‘taceae) oilasi O‘rta Osiyoda 2 turkumga oid 16
turi o‘sadi. Oila vakillari morfologik belgilariga ko‘ra 6 ta oilachaga bo‘linadi.
Oila vakillari doim yashil daraxt, buta, ba’zan o‘t o‘simliklardan iborat. Barglari
oddiy yoki patsimon murakkab, qarama-qarshi yoki navbat bilan joylashgan,
yonbargchasiz.
Barglarining yuzasida yoki chetlarida efir moyi ajratuvchi bezchalari
o‘rnashgan. Gullari odatda aktinomorf. Ba’zan zigomorf. Kosacha va
gultojibarglari 4-5 tadan, changchisi 8-10 ta, ba’zan 15 ta va undan ham ko‘proq.
Meva bargchalari asosan 5-4 ta. Gul formulasi: Ca4-5 Co4-1 A8-10, ∞ G4-5,∞ , Mevasi
ko‘sak, danakcha, rezavor yoki murakkab meva.
Toshbaqatol (Haplophyllum) turkumi O‘rta Osiyoda 20 turi,
O‘zbekistonda esa 14 turi o‘sadi, vakillari yarim buta va ko‘p yillik o‘t
o‘simliklardan iborat. Barglari oddiy. Kosacha va gultojibarglari 5 tadan,
changchisi 10 ta. Ko‘sakchasi 5 uyali. Bu turkumning O‘zbekiston uchun
haraktyerli bo‘lgan, loy tuproqli quyi adir mintaqalarida o‘sadi H. Pediellatum,
qum tuproqli cho‘lda o‘suvchi H. Ramosissimum. Gipsli cho‘l uchun xos
Obtisifolium, qizil tuproqli to‘g yonbag’irlarida tarqalgan H. bucharicum, H.
foliosum, H. leptomyerum singari turlarni ko‘rsatish mumkin.
Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni: Sutlamagullilar qabilasi -
Yeuphorbiales. Daraxt, buta va qisman o‘t o‘simlik. Tanasida sutga o‘xshash yoki
rangli suyuqlik mavjud. Barglari oddiy, qisman murakkab, panjasimon yoki
naysimon ko‘pincha yonbargli. Gullari turli xildagi gul tuplam, bir jinsli,
aktinomorf, qo‘sh gulqo‘rg’onli yoki tojbargsiz. Gul qo‘rg‘oni beshta, qisman
86