Page 87 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 87
to‘rt yoki uch a’zoli. Kosacha va toj barglari erkin tutash emas. Changchilari
beshta, ko‘p yoki ularni barg qismi reduksiyalangan. Urug‘chisi uchta meva
bargidan shakllangan. Tugunchasi ustki. Mevasi uch xonali ko‘sakcha, qisman
yong‘oq yoki danak urug‘i endospermli, ayrim vakillarida endospermsiz.
Sutlamadoshlar oilasi — Yeuphobiaceae Oilaning 250 turkumga mansub
7500 ga yaqin turi butun еr yuzi bo‘ylab tarqalgan, lekin uning aksariyat qismi
tropiklarda o‘sadi. Ular daraxt, buta, bir, yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Barglari
oddiy, navbatlashib qarama-qarshi yoki xalqa shaklida joylashgan, yonbargchali.
Gullari bir jinsli, aktinomorf, qo‘sh gul qo‘rg‘onli. Gulkosacha va toj barglari
tutash emas, changchilari 5ta, ayrim hollarda, ko‘p yoki reduksiyalangan.
Urug‘chisi 3 ta meva bargini birlashishidan shakllangan. Mevasi uch xonali
ko‘sakcha. O‘zbekistonda oilaning keng tarqalgan turkumlari Sutlama
(Euphorbia), (Chrozophora), kanakunjut (Ricinus) hisoblanadi.
Sutlamalar (Euphorbia) turkumi. Sutlamalarning еr yuzida 750 dan ortiq
turi keng tarqalgan. Hamdo‘stlik mamlakatlarida ularning 150 turi uchraydi. Ular
bir va ko‘p yillik o‘t o‘simlik. O‘zbekistonda Sutlamalarning bo‘yi 30-150 sm,
poyasi tik o‘suvchi, ko‘kimtir, daryo, soy, ariq bo‘ylarida o‘sadigan oqish mevali
Sutlama (Euphorbia lamprocarpa) ko‘p yillik, bo‘yi 30-100 sm bo‘lgan, daryo
bo‘yi tog‘ zonasining toshli qiyaliklarida o‘sadigan Sirdaryo Sutlamasi
(E.jaxaticus), bir yillik bo‘yi 5-70 sm, barglari ko‘raksimon cho‘ziq, tupguli
soyabonsimon, adir va tog‘ zonasining ekinzorida begona o‘t sifatida o‘sadigan
o‘rok, mevali Sutlama (E. falcata) va boshqa turlari keng tarqalgan. Ularning
barchasida suyuqligi mavjud, ayrim zaxarli turlari dorivor o‘simlik sifatida
ishlatiladi.
Kanakunjut - Ricinus O‘zbekistonda kanakunjutning Ricinus communis
deb ataladigan turi borligi aniqlangan. U bir yillik bo‘yi 2 metrgacha, barglari
panjasimon ajralgan, guli barg qo‘ltig’ida, ko‘kish sarg‘ish rangli, mevasi
ko‘sakcha. Urug‘ining tarkibida 60% ga qadar yog‘ moddasi bor, undan olingan
yog’ tibbiyotda so‘rg‘ich sifatida ishlatiladi. Afrikada esa yaxshilab dog’langan
yog‘ zaxarli xususiyatini yo‘qotadi va shu sababli ovqatga ishlatiladi.
87