Page 85 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 85

Barglari Tok patsimon murakkab yonbargli. Gullari odatda aktinomorf, qo‘shgul
               qo‘rg‘onli,    tugunchasi  ustki  yoki  o‘rta.  Mevasi  yong‘oqcha,  danak,  ayrim

               xollarda    etli,    yong’oqcha  gul  o‘rnida  botgan  xolda  joylashgan  (itburun,
               qulupnay,  maymunjonlarning  mevasiga  o‘xshash),  Itburun  yoki  na’matak  -
               (Rosal Canina)-ra’nolar turkumining hamdo‘stlik mamlakatlarida 150 ga yaqin
               turi, shu jumladan, O‘rta Osiyoda 39 turi ma’lum.

                      Bularning aksariyat qismi tikanli buta, barglari Tok patsimon murakkab,
               urug‘chisi  gul  o‘rni  bilan  tutash,  uning  ichida  ko‘p  sonli  danakchalar  mavjud

               bo‘lib, undan yolg‘on meva shakllanadi. O‘zbekistonda bu turkumning R. laxa –
               g‘ovak na’matak, R.Fiedtchenkoana, Fedtchenko na’matagi, R. Maracandica –
               Samarqand na’matagi,  R. camina – it burun na’matagi deb nomlangan turlari

               keng  tarqalgan.  Ular  vitaminlarga  boy  o‘simliklar  bo‘lib,  mevasi  tarkibida
               A,B,C,D  vitaminlari  ko‘pligi  tufayli  qimmatli  xisoblanadi.  Ko‘pgina  madaniy
               atirgullar kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy holda tarqalgan yovvoyi na’matak bilan

               bog‘lik. Ularning  Rosa alba –oq atirgul, R.  Chinensis -atirgul, R.domestica –qirq
               og‘ayni, R. multiilora guli ra’no singari turli gulxonalarda o‘stirilishidan tashqari
               muhim  efir  moyli  o‘simliklardan  hisoblanadi.  Qadim-qadim  zamonlardan  beri
               O‘rta  Osiyo  xalqlari  bu  o‘simliklarning  toj  barglaridan  har  xil  murabbolar  va

               nihoyatda xushbo‘y ichimlik gulob tayyorlashgan.

                      Rubus – maymunjon turkumining 6 turi O‘zbekistonda o‘t o‘simliklarga
               boy tosh va shag‘al toshli aralash tuproqli tog‘ yon bag‘irlarida o‘sadi. Ularning
               Rubus caesius zangori maymunjon, R.Idaeus-oddiy maymunjon, R. Sanguineus -
               qora rangli maymunjon deb nomlangan turlari o‘sadi, ularning barchasi tikanli

               buta shaklidagi o‘simlik.
                      Qulupnay - Fragaria qulupnayning  yovvoyi  xolda 6, madaniy xolda 2

               turi uchraydi. Ularni aksariyat qismi ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Barglarining, oxiri
               mo‘ylovga  aylangan, mevasi shirali yolg‘on meva,  ko‘pincha qizil rangli.
                      Topshiriqlar:

                        1. Qoraqatdoshlar – (grossulariaceae ), Ra’nodoshlar – (rosaceae) oilalari
               vakillarini                       sistematik tahlil qiling.





                        2. Qoraqatdoshlar – (grossulariaceae ) oilasining o‘ziga xos  morfologik
               va  biologik  xususiyatlarini yozing.
                        3. Ra’nodoshlar – (rosaceae)         oilasining  o‘ziga  xos  morfologik  va
               biologik                                                       xususiyatlarini yozing.
                        4.  Qoraqatdoshlar  –  (grossulariaceae  ),  Ra’nodoshlar  –  (rosaceae)

               oilalarining tarqalish                                             hududlari bilan tarnishing.






                                                                                                            85
   80   81   82   83   84   85   86   87   88   89   90