Page 84 - YARMUHAMMEDOV J. DORIVOR_O’SIMLIKLAR_FLORASI_VA_SISTEMATIKASI_FANIDAN
P. 84
Sahifaga - toshyog’arlar turkumiga mansub o‘simliklarning aksariyat
qismi yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, hamdo‘stlik mamlakatlarida 80, shu jumladan
O‘rta Osiyoda 10 turi tog‘ va yaylov zonalarining toshloq va xarsang toshlari
orasida, sernam shag’al va tosh aralash tuproqlarida, daryo irmoqlari bo‘yida
o‘sadi. Turkumning sersuv balchiqlashgan tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadigan ko‘p
yillik Sahifaga hirsutus - botqoq toshyog’ari, nam toshli va shag‘alli tog‘
yonbag‘irlarida o‘suvchi S.Stenophylla ingichka bargli toshyog’ar. Toshli va
shag‘alli tog‘ yon bag‘irlarida o‘suvchi. S. Macrocalyx- ulkan bargli toshyog’ar
singari turlari ko‘zga tashlanadi.
Philodelphus- jasmin turkumining faqat bir Ph.caucasicus –
Kavkaz yovvoyi jasmini deb ataladigan, bo‘yi 3 metrgacha, novdalari qizg‘ish ,
barglari uzun-ellipsimon yoki lentasimon gullari sarg’ish, aprel oyida gullovchi
turi xushmanzara o‘simlik sifatida o‘stiriladi.
Qoraqat - Ribes turkumining hamdo‘stlik mamlakatlarida 36, shu
jumladan O‘rta Osiyoda 10 turi tarqalgan bo‘lib, ularning aksariyat qismi buta,
adir va tog’ zonalarining tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadi. Qoraqatning tog‘ zonasini
shag‘alli, toshloq, butazor tog‘ yonbag‘irlarida, daryo sohillarida o‘sadigan qora
qoraqat -Ribes daryo soxili, butazorlar toshli tog‘ yonbag‘irlarida o‘suvchi tosh
qoraqati (R. saxatile) kabilar o‘ziga xos manzaraga ega.
Ra’noguldoshlar oilasi — Rosaceae. Oilaning 120 turkumga mansub
2000 dan ortiq turi Shimoliy yarim sharlarning o‘rta iqlimli mintaqasida
tarqalgan. Hamdo‘stlik mamlakatlarida 50 turkumga mansub 700 dan ortiq tur,
shu jumladan O‘rta Osiyoda 38 turkum, 263 turga mansub o‘simliklar o‘sadi.
Bular daraxt, buta yarim buta va o‘t o‘simlik. Barglari navbatlashib joylashgan,
yonbargli, oddiy butun yoki uchbargli, tojsimon panjasimon yoki murakkab barg.
Gullari barg qo‘ltig’ida joylashgan, yakka yoki gul to‘plamida, qo‘sh jinsli.
Qo‘sh gul qo‘rg‘onli, aktinomorf, besh a’zoli, gul kosacha barglari tutash emas,
erkin; oq, sariq, qizil, qisman havorangda. Changchilari ko‘p sonli, tugunchasi
ustkidan ostkiga qadar, 5 xonali. Mevasi quruq yong‘oq, shirali danak, murakkab
danak yoki yong’oq meva.
Urug‘i endospermsiz, tarkibida yog‘, oqsil, ayrim hollarda glyukozid
amigdalin uchraydi. Oila tarkibiga Yevropa, Osiyo va Amerikaning o‘rta iqlimli
mintaqalarida tarqalgan mevali daraxtlarning aksariyat qismi kiradi. Mevasi
vitaminlar, karbonsuvlar, organik kislotalar, efir moylarga boy. Shu sababli ular
oziq-ovqat uchun muhim ahamiyatga ega. Oila bir nechta kenja (kichik) oilalarga
bo‘linadi.
Ra’nolar kenja oilasi - Rosoideae. Buta va o‘t shaklidagi o‘simlik.
84