Page 15 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 15
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Mazkur metodikadan foydalanish bo‘yicha
o‘qituvchilarga tavsiyalar
Har bir dars (mavzu) mazmun-matni shartli ravishda uch bosqichga bo‘lingan:
faollashtiruvchi, asosiy va refleksiya.
1. Faollashtiruvchi bosqichdagi “O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash” qismida
o‘qituvchi o‘quvchilarga avval o‘zlashtirilgan bilimlari asosida o‘tilayotgan mavzuda
erkin yozish topshirig‘ini beradi.
O‘quvchilarga ko‘rsatmalar: METODIK QO‘LLANMA
1) 3 daqiqa ichida daftariga taklif etilgan mavzu bo‘yicha o‘zining erkin fikrlarini
yozish;
2) xayoliga kelgan fikrlarni – to‘g‘ri yoki xato ekanligini o‘ylamasdan – qog‘ozga
tushirish;
3) o‘zining mustaqil xulosasini bayon etish.
O‘qituvchi belgilangan vaqt tugagach, o‘quvchilardan yozishni to‘xtatishni so‘raydi.
Biroq bir daqiqa sukut saqlaydi. Chunki insonda eng yaxshi fikrlar tang vaziyatda
qolganda keladi. So‘ng dastlab 3–4 nafar o‘quvchidan yozganlarini o‘qib berishni
so‘raydi. Qolgan o‘quvchilardan yozganlari orasida yuqorida aytilgan fikrlardan boshqa
maʼlumotlar bo‘lsa, qo‘l ko‘tarib aytishni so‘raydi. Umumlashtiruvchi fikrni aytib, yangi
mavzuni e’lon qiladi.
2. Asosiy bosqichda o‘qituvchi darsni anjuman-maʼruza shaklida (avvaldan mav-
zularni oldindan bir nechta o‘quvchiga bo‘lib berish asosida) o‘tkazishi mumkin. Dars
axborot texnologiyalaridan foydalangan holda darslik, xarita, jadvallar va rasmlar ustida
ishlash orqali davom ettiriladi.
Darslikdagi o‘quv materialini tushuntirish o‘qituvchidan kasbiy yetuklik va metodik
15