Page 19 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 19
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Darsning maqsadi: birinchi sanoat to‘ntarishining sabablari va natijalari,
olamshumul kashfiyotlarning yaratilishi hamda iqtisodning yuksalishini tushuntirib
berish.
Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: ko‘rgazmali vositalar yordamida o‘sha
davr yangi texnikalarining sanoat rivojidagi muhim rolini ko‘rsatib berish; ilmiy inqilobga
taʼsir ko‘rsatgan asosiy omillarni tahlil qilish.
Darsdan kutiladigan natijalar:
• o‘quvchi industrial sivilizatsiya, sekulyarlik, fan-texnika inqilobi kabi ata malarning
mohiyatini bilib oladi;
• industrial sivilizatsiyaning qaror topishiga taʼsir ko‘rsatgan omillarni tushunadi; METODIK QO‘LLANMA
• ijodiy topshiriqni bajarish jarayonida industrial sivilizatsiya bilan bog‘liq maʼlu-
motlardan foydalana oladi;
• industrial sivilizatsiyaning yuz berish sabablarini tahlil qiladi;
• XIX asr oxirida yaratilgan muhim kashfiyotlarni umumlashtiradi.
Darsning borishi:
METODIK QO‘LLANMA
I. Faollashtiruvchi bosqich.
1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi o‘quvchilarga avval
o‘zlashtirilgan bilimlari asosida “Sanoat to‘ntarishiga sabab bo‘lgan omillar” mavzusida
erkin yozish topshirig‘ini beradi.
O‘quvchilarga ko‘rsatmalar:
1) 3 daqiqa ichida daftariga taklif etilgan mavzu bo‘yicha o‘zining erkin fikrlarini
yozish;
2) xayoliga kelgan fikrlarni to‘g‘ri yoki xato ekanligini o‘ylamasdan qog‘ozga tushi-
rish;
3) o‘zining mustaqil xulosasini bayon etish.
O‘qituvchi belgilangan vaqt tugagach, o‘quvchilardan yozishni to‘xtatishni so‘raydi.
Biroq bir daqiqa sukut saqlaydi. Chunki insonda eng yaxshi fikrlar tang vaziyatda
qolganda keladi. So‘ng dastlab 3–4 nafar o‘quvchidan yozganlarini o‘qib berishlarini
so‘raydi. Qolgan o‘quvchilardan yozganlari orasida yuqorida aytilgan fikrlardan boshqa
maʼlumotlar bo‘lsa, qo‘l ko‘tarib aytishni so‘raydi. Umumlashtiruvchi fikrni aytib, yangi
mavzuni e’lon qiladi.
19