Page 16 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 16
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
kompetentlikni talab etadi.
Darsni zaruriy darajada tashkil etish va o‘tkazish uchun turli xil ko‘rgazmali qurollar,
METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA O‘qituvchi, shuningdek, yangi mavzuni bayon qilish jarayonida savol-javob metodidan
interaktiv vositalar, xaritalar, rasmlar, jadvallar, chizmalardan hamda hikoya, suhbat,
savol-javob kabi mavzuni bayon qilishning turli metodlaridan foydalanish lozim.
ham foydalangan holda mavzuga doir bilimlarni mustahkamlab boradi.
Asosiy bosqichda yangi mavzuni yuqorida ko‘rsatilgan metod-usullar asosida
o‘zlashtirish o‘quvchilarning o‘z fikrlarini erkin bayon qilish va o‘z nuqtayi nazarlarini
asoslash, shuningdek, boshqalarning fikrlariga hurmat bilan qarash hissini yuzaga
keltiradi.
O‘qituvchining vazifasi – mavzuni obrazli bayon etish, o‘quvchilarning tarixiy voqelik
va jarayonlar haqidagi bilimlarni chuqur o‘zlashtirishlariga erishish; ularning fanga
bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdir.
3. Refleksiya bosqichida o‘qituvchi o‘quvchilarga dastlab o‘tilgan mavzu yuzasidan
asoslangan esse yozish topshirig‘ini beradi. O‘qituvchi mavzuni doskaga yozadi va
o‘quvchilardan daftarlariga ko‘chirib olishni so‘raydi.
Topshiriqni bajarish uchun ko‘rsatmalar:
• berilgan mavzu bo‘yicha 100 ta so‘zdan foydalangan holda o‘z fikrlarini bayon
etish;
• fikrlarni umumlashtirib, asosiy faktlarni keltirib o‘tish;
● mavzu bo‘yicha o‘zining aniq xulosasini bayon etish.
O‘qituvchi belgilangan vaqt tugagach, o‘quvchilardan yozishni to‘xtatishni, so‘ng
dastlab 3–4 nafar o‘quvchidan yozganlarini o‘qib berishni so‘raydi. Qolgan o‘quvchilarda
yuqorida aytilgan fikrlardan boshqa maʼlumotlar bo‘lsa, qo‘l ko‘tarib aytishadi.
● Dars mavzusiga doir atamalar izohi va tarixiy-xronologik voqea-hodisalar og‘zaki
bayon etiladi.
● Barcha o‘quvchilar uchun
mavzuning tayanch tushuncha-
larini shakllantirish vazifasi beri-
ladi.
● Taʼlim muassasasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda dars mashg‘uloti
jarayonida AKT va boshqa jihozlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Dars yakunida o‘qituvchi barcha fikrlarni umumlashtirib, mavzu yuzasidan yakuniy
xulosa chiqaradi. Dars mashg‘ulotida faol qatnashgan o‘quvchilarni baholaydi hamda
keyingi dars uchun uyga vazifasini beradi.
16