Page 20 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 20

@edurtm_uz




    Respublika
  ta’lim markazi
                     II. Asosiy bosqich.
                     2-topshiriq.  O‘qituvchi  darsni  anjuman-maʼruza  shaklida  (avvaldan  mavzularni
               METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA  METODIK QO‘LLANMA   orqali davom ettiriladi.   Fan-texnika yutuqlari  Sohalar
                  bir  nechta  o‘quvchiga  bo‘lib  berish  asosida)  o‘tkazishi  mumkin.  Dars  axborot
                  texnologiyalaridan foydalangan holda darslik, xarita, jadvallar va rasmlar ustida ishlash


                     O‘qituvchi  o‘quvchilarning  diqqatini  fan  va  texnika  yutuqlari  berilgan  quyidagi
                  jadvalga qaratadi va ularni xulosa chiqarishga undaydi.

                                1-jadval



                                   Metallurgiya  sohasida  fransuz  metallurgi  Pyer
                                Marten va ingliz ixtirochisi Henri Bessemerlar joriy etgan
                                poʻlat eritishning yangi usullari uni ishlab chiqarishni
                                keskin  oshirib,  tannarxini  arzonlashtirdi.  Ingliz
                                metallurgi Sidney Tomas kashf etgan suyuq choʻyanni
                                tozalash  usuli  esa  fosfatlarga  boy  temir  rudalaridan              Metallurgiya
                                foydalanish imkonini yaratdi va mahsulotning sifatini
                                keskin  oshirdi.  Natijada  1870-yildan  1900-yilgacha
                                jahonda  poʻlat  ishlab  chiqarish  56  barobar  oʻsdi.
                                Sanoatda temir davri oʻrniga poʻlat davri boshlandi.




                                    1880-yillar  –  1890-yillar  boshlarida  elektr  ener-
                                 giya sini simlar orqali uzoq masofaga yetkazib be-
                                 rish imkoniyati paydo boʻldi; benzinda ishlaydigan
                                 dastlabki ichki yonuv dvigatellari yaratilib, shundan                 Mashinasozlik
                                 soʻng  dastlabki  avtomobillar,  keyinroq  samolyotlar
                                 paydo boʻldi.






                                  1870-yillari elektrodvigatel, elektr lampa, telefon,
                                sal keyinroq radio kashf etildi.                                       Elektrotexnika






                     Dars  mazmunining  qisqacha  tavsifi.  O‘qituvchi  yangi  mavzuni  bayon  qilish
                  jarayonida savol-javob metodidan foydalangan holda sanoatning rivojlanishi jamiyat-
                  ning  siyosiy  hayotiga  ham taʼsir ko‘rsatganini;  XVIII asrda  paydo  boʻlgan  insonning
                  tabiiy va uzviy huquqlari toʻgʻrisidagi taʼlimot jamiyat hayotida yanada kengroq namoyon
                  boʻla boshlaganini; siyosiy tuzumlar oʻzgargani, absolyut monarxiyalar oʻtmishda qolib
                  ketgani va oʻrnini cheklangan (konstitutsion) monarxiyalar va respublikalarga boʻshatib
                  berganligini aytadi.
                     3-topshiriq. Jadval bilan ishlash. O‘qituvchi quyidagi jadvalni sinf taxtasiga chizadi
                  va o‘quvchilardan uni to‘ldirishni so‘raydi (jadval to‘ldirilmagan holda taqdim etiladi).




                                                             20
   15   16   17   18   19   20   21   22   23   24   25