Page 24 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 24
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
5. Tarqatma materiallar to‘ldirilgach, guruh aʼzolaridan bir kishi taqdimot qiladi.
Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan material, albatta, sinf taxtasiga
METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA METODIK QO‘LLANMA 7. O‘qituvchi umumlashtiruvchi fikrni aytib, yangi mavzuni e’lon qiladi.
mantiqiy ketma-ketlikda (zina shaklida) ilinadi.
6. O‘qituvchi guruhlar tayyorlagan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi.
“BUMERANG”
TEXNOLOGIYASI
II. Asosiy bosqich.
2-topshiriq. O‘qituvchi mavzuni bayon qilishda “Bumerang” texnologiyasidan
foydalanishi maqsadga muvofiq. Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
1) o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi;
2) o‘quvchilar dars (mashg‘ulot)ning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi;
3) o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish uchun mavzu bo‘yicha matnlar tarqatiladi;
4) berilgan matnlar o‘quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o‘rganiladi;
5) har bir guruh aʼzolaridan yangi guruh tashkil etiladi;
6) yangi guruh aʼzolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil o‘rgangan
matnlari yuzasidan axborot almashadilar, yaʼni bir-birlariga so‘zlab beradilar, shu tariqa
matnni o‘zlashtirib olishga erishadilar;
7) berilgan maʼlumotlarning o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida
ichki nazorat o‘tkaziladi, yaʼni guruh aʼzolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar;
8) yangi guruh aʼzolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;
9) darsning qolgan jarayonida o‘quvchilar bilimlarini baholash yoki to‘plagan ballarini
hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi;
10) o‘quvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash
maqsadida o‘qituvchi (yoki raqib guruh) o‘quvchilarga savollar bilan murojaat etadi,
og‘zaki so‘rov o‘tkazadi;
11) savollarga berilgan javoblar asosida guruhlarning to‘plagan umumiy ballari
aniqlanadi;
24