Page 23 - 10-Жаҳон тарихи метод ўзбек
P. 23
@edurtm_uz
Respublika
ta’lim markazi
Darsning maqsadi: XIX asrning 70-yillarida Angliya sanoatining yuksalishini
tushun tirib berish.
Darsda shakllantiriladigan tayanch bilimlar: Angliyaning uzoq yillar jahon
siyosatida yetakchi oʻrinni egallab kelishi; taraqqiyotning evolyutsion yo‘lini tanlashi;
birinchi davlat ga, dunyoning moliyaviy markazi va liberal jamiyatning namunasiga
aylanishiga alohida e’tibor qaratish.
Darsdan kutiladigan natijalar:
• o‘quvchi “Pax Britanica” (Britaniya dunyosi), kapital eksporti, dominion kabi
atamalarning mohiyatini bilib oladi;
• Angliya iqtisodiyotining yuqori darajada rivojlanish sabablarini izohlay oladi; METODIK QO‘LLANMA
• ijodiy topshiriqni bajarish jarayonida Angliya iqtisodi bilan bog‘liq maʼlumotlardan
foydalana oladi;
• Angliyaning mustamlakachilik siyosatini tahlil qiladi;
• iqtisod bilan bog‘liq muhim ko‘rsatkichlarni umumlashtiradi;
• Angliya sanoatining yuksalishiga o‘zining mustaqil munosabatini bildiradi.
METODIK QO‘LLANMA
Darsning borishi:
I. Faollashtiruvchi bosqich.
1-topshiriq. O‘zlashtirilgan bilimlarni takrorlash. O‘qituvchi “Zinama-zina” metodi
asosida o‘tgan darsdagi “Industrial sivilizatsiyaning qaror topishi” mavzusini esga tushiradi.
“ZINAMA-ZINA” METODI
Metodni qo‘llash tartibi:
1. O‘qituvchi o‘quvchilarni mavzular soniga qarab 3–5 kishidan iborat kichik guruhlarga
ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta bo‘lgani maʼqul).
2. Har bir guruhga chap qismida kichik mavzu yozuvi bo‘lgan varaqlar tarqatiladi.
3. O‘qituvchi guruh aʼzolariga tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan
tanishish va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida qog‘ozdagi bo‘sh
joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi.
4. Guruh aʼzolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma
(rasm yoki chizma) ko‘rinishda ifoda etadilar. Bunda guruh aʼzolari kichik mavzu
bo‘yicha imkon boricha to‘laroq maʼlumot berishlari kerak bo‘ladi.
23