Page 181 - “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
P. 181
borayotganini va soha rivoji uchun yaratilgan iqtisodiy, texnologik hamda
institutsional sharoitlar samara berganini koʻrsatadi.
Ayniqsa, Qoraqalpogʻistonda soʻnggi ikki yilda (2023–2024-yillarda) hosil
hajmining sezilarli oʻsishi kuzatilgan. Bu holat fermer xoʻjaliklari tomonidan
zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, yangi navlarni yetishtirish va sugʻorish
tizimlarini modernizatsiya qilish natijasida amalga oshganligini anglatadi. Shu bilan
birga, davlat tomonidan sohani qoʻllab-quvvatlash, subsidiyalar va investitsiya
loyihalarining kengayishi ham bu jarayonda muhim omil boʻlgan.
Demak, 1-jadval maʼlumotlari Qoraqalpogʻistonda uzumchilik tarmogʻining
barqaror oʻsish bosqichiga kirganini, uning hudud iqtisodiyotidagi ahamiyati ortib
borayotganini va kelgusida eksportbop mahsulotlar yetishtirish imkoniyatlari yanada
kengayishini tasdiqlaydi.
Shu bilan birga, yuqoridagi maʼlumotlar Qoraqalpogʻistonda uzumchilik
tarmogʻining barqaror rivojlanish tendensiyasini namoyon etsa-da, hosildorlik va
iqtisodiy samaradorlikka taʼsir etuvchi bir qator omillar mavjudligini inkor etib
boʻlmaydi. Mazkur omillar oʻz tabiatiga koʻra turli yoʻnalishlarda namoyon boʻladi —
ayrimlari ishlab chiqarishni ragʻbatlantirsa, boshqalari esa uni cheklaydi yoki salbiy
taʼsir koʻrsatadi.
Aynan shu nuqtayi nazardan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharoitida
uzumchilik samaradorligiga taʼsir etuvchi asosiy tabiiy, iqtisodiy va texnologik
omillarni tizimli ravishda tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Quyidagi 2-
jadvalda esa, ushbu omillar guruhlar kesimida tavsiflanib, ularning taʼsir yoʻnalishi va
mexanizmlari ilmiy jihatdan umumlashtirilgan holda keltirilgan.
2-jadval
Qoraqalpogʻistonda uzumchilik samaradorligiga taʼsir etuvchi asosiy omillar
3
Taʼsir
Omilar guruhi Aniq omillar Taʼsir mexanizmi Izoh
yoʻnalishi
Sugʻorish uchun suvning
Qurgʻoqchilik va suv Amudaryo va suv havzalari
Tabiiy Salbiy yetishmasligi hosildorlikka
yetishmasligi bilan bogʻliq masalalar
salbiy taʼsir qiladi
Tuproqning shoʻrlanishi
Choʻllashish jarayoni
Tabiiy Tuproqning shoʻrlanishi Salbiy oʻsimliklarning oʻsishini murakkablashtirmoqda
cheklaydi
Mehnat quvvati Terim va qayta ishlash Mavsumda ishchi kuchi
Iqtisodiy Salbiy
yetishmasligi jarayonlarida qiyinchiliklar yetishmasligi
Uzumni sotishdan
Bozordagi noaniqliklar
Iqtisodiy Bozor narxlari va talab Salbiy tushadigan daromad samaradorlikka taʼsir qiladi
kamayishi
Zamonaviy texnika va Hosil yigʻish va qayta
Texnologik texnologiyalar Salbiy ishlash samaradorligi Fermer xoʻjaliklarida texnik
jihozlar yetishmaydi
yetishmasligi pasayishi
Yuqoridagi, 2-jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki, Qoraqalpogʻistonda
uzumchilik samaradorligiga taʼsir etuvchi omillar koʻp qirrali va oʻzaro bogʻliq
xususiyatga ega. Birinchi navbatda, tabiiy omillar – qurgʻoqchilik va suv yetishmasligi
hamda tuproqning shoʻrlanishi – tarmoqning barqaror rivojlanishiga jiddiy toʻsiq
sifatida namoyon boʻlmoqda. Sugʻorish uchun suv manbalariga bogʻliqlik hosildorlik
darajasini pasaytiradi, ayniqsa Amudaryo suvining sezilarli kamayishi sharoitida bu
holat yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, tuproqning shoʻrlanishi
178
3 Muallif tadqiqotlari asosida shakllantirilgan ishlanma.
II SHO‘BA:
Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish
https://www.asr-conference.com/

