Page 183 - “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR”
P. 183

Yuqoridagi  3-jadval  maʼlumotlariga  tayanilgan  holda  tahlil  qilinganda,
            Qoraqalpogʻistonda uzumchilik tarmogʻining samaradorligiga taʼsir etuvchi omillar
            ichida  tabiiy  sharoitlar  (qurgʻoqchilik  va  tuproqning  shoʻrlanishi)  eng  yuqori  —  5
            balllik darajada baholangani kuzatiladi. Bu holat, hududning iqlimiy xususiyatlari va
            suv  resurslarining  cheklanganligi  uzumchilik  rivojiga  hal  qiluvchi  darajada  taʼsir
            koʻrsatayotganini  anglatadi.  Yaʼni  suvning  yetishmasligi,  haroratning  keskinligi  va
            tuproqning unumdorlik darajasi hosildorlikning barqaror oʻsishiga asosiy toʻsiq boʻlib
            turibdi.
                  Shu  bilan  birga,  texnika  va  texnologiyalar  omillari  ham  yuqori  —  4  ball  bilan
            baholangan. Bu koʻrsatkich fermer xoʻjaliklarida zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy
            etish,  avtomatlashtirilgan  sugʻorish  tizimlaridan  foydalanish  va  qayta  ishlash
            jarayonlarini  modernizatsiya  qilish  zarurligini  koʻrsatadi.  Ilgʻor  texnika  va
            texnologiyalardan samarali foydalanish hosildorlikni oshirish va resurs tejamkorligini
            taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
                  Bozor va narx sharoiti ham 4 ball bilan baholanib, iqtisodiy samaradorlikning
            muhim  tarkibiy  qismi  ekanligini  tasdiqlaydi.  Uzumchilikda  foyda  darajasi  koʻp
            jihatdan  bozordagi  narx  oʻzgarishlari  va  eksport  salohiyatiga  bogʻliq.  Narxning
            barqaror emasligi va bozor talabining oʻzgaruvchanligi ishlab chiqaruvchilar uchun
            maʼlum xavflarni keltirib chiqaradi, bu esa ularning investitsiya faolligini pasaytiradi.
                  Shuningdek,  moliyaviy  qoʻllab-quvvatlash  va  mehnat  quvvati  omillari  3  ball
            bilan  baholangan  boʻlib,  ular  ham  tarmoq  samaradorligiga  sezilarli  taʼsir
            koʻrsatmoqda.  Xususan,  kasbiy  malakaga  ega  ishchi  kuchining  yetishmasligi,
            mavsumiy  mehnat  resurslariga  bogʻliqlik  hamda  moliyaviy  manbalarning
            cheklanganligi uzumchilikning rivojlanish surʼatlarini pasaytiradi. Bundan tashqari,
            kreditlar  va  subsidiyalardan  foydalanish  imkoniyatlarining  cheklanganligi,  ayniqsa
            kichik fermerlar uchun, iqtisodiy barqarorlikka salbiy taʼsir koʻrsatadi.
                  Umuman  olganda,  tahlil  natijalari  shuni  koʻrsatadiki,  Qoraqalpogʻiston
            Respublikasida  uzumchilik  samaradorligini  oshirish  uchun,  avvalo,  tabiiy  va
            texnologik cheklovlarni kamaytirish, resurs tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish
            hamda moliyaviy ragʻbatlantirish mexanizmlarini kuchaytirish muhim ilmiy va amaliy
            vazifa hisoblanadi. Shu bilan birga, bozor infratuzilmasini takomillashtirish va mehnat
            salohiyatini    rivojlantirish    sohada      barqaror      oʻsish    va   raqobatbardoshlikni
            taʼminlashning asosiy sharti sifatida namoyon boʻladi.
                  Yuqoridagi tahliliy natijalardan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkinki,
            Qoraqalpogʻiston Respublikasida uzumchilik tarmogʻi qishloq xoʻjaligining iqtisodiy
            va  ijtimoiy  jihatdan  strategik  ahamiyatga  ega  boʻlgan  yoʻnalishlaridan  biri
            hisoblanadi.  Soʻnggi  yillarda  hosildorlikning  barqaror  oʻsishi  agrotexnologik
            yangilanishlar,  fermer  xoʻjaliklarining  faolligi  hamda  davlat  tomonidan  amalga
            oshirilayotgan  qoʻllab-quvvatlash  siyosatining  amaliy  samarasini  aks  ettirmoqda.
            Biroq tabiiy resurslarning cheklanganligi, tuproqning shoʻrlanishi, texnik jihozlanish
            darajasining  pastligi  va  bozor  infratuzilmasining  yetarlicha  rivojlanmaganligi
            sohaning  kelgusi  rivojlanishini  muayyan  darajada  cheklab  turibdi.  Shu  sababli,
            uzumchilikni barqaror va yuqori samarali tarmoq sifatida shakllantirish uchun tizimli,
            ilmiy asoslangan yondashuv talab etiladi.
                  Shu nuqtayi nazardan, amaliyot uchun quyidagi taklif va tavsiyalarni ilgari surish
            maqsadga muvofiq:
                  Birinchidan, Qoraqalpogʻiston sharoitida suv resurslaridan samarali foydalanish               180
            va  innovatsion  sugʻorish  texnologiyalarini  joriy  etish  uzumchilikning  barqaror



                                                                                                           II SHO‘BA:

                                                           Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish

                                                                                         https://www.asr-conference.com/
   178   179   180   181   182   183   184   185   186   187   188